"Milan"ning chap qanot himoyachisi Teo Ernandes "Atalanta" ustidan qozonilgan g‘alaba (2:0) haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Biz qiyin davrni boshdan kechirdik va endi sekin asta tiklanyapmiz. Menimcha, gol - meniki. Men zarba berish imkoniyatini ko‘rdim, bu chiroyli gol edi. Biz keyingi haftada ham, keyin esa Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishimiz kerak. Biz xuddi shu ruhda davom etamiz", - deya Ernandesdan iqtibos keltiradi pianetamilan.it.