Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor 4-2 Dinamo
06/10 15:30 Yuventus 1-1 Kalyari
06/10 17:00 Jirona 2-1 Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina 7-1 Fransiya
06/10 18:00 Bolonya 0-0 Parma
06/10 18:00 Lasio 2-1 Empoli
06/10 18:00 Chelsi 1-1 Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa 0-0 Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves 0-3 Barselona
06/10 20:00 Braziliya 2-1 Argentina
06/10 20:30 Brayton 3-2 Tottenhem
06/10 21:00 Monsa 1-1 Roma
06/10 21:30 Sevilya 1-0 Betis
06/10 23:45 Fiorentina 2-1 Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad 1-1 Atletiko

Arsen Vengerning "Arsenal"da amalga oshirgan so‘nggi 10 ta xaridi. Ular hozir qayerda?

Arsen Vengerning "Arsenal"da amalga oshirgan so‘nggi 10 ta xaridi. Ular hozir qayerda?

Baho:
+ | -

Pyer-Emerik Obameyang

Venger 2018 yilning yanvar oyida "Borussiya Dortmund"dan Obameyangni jamoaga olib keladi. Gabonlik hujumchi Vengerdan keyingi murabbiyga qilingan, go‘yoki bir sovg‘a edi. Negaki, aynan u sababli Mikel Arteta "Arsenal"da titullar qo‘lga kiritadi. 2020 yilning yozida Obameyang to‘pchilar bilan yangi bitim tuzadi va o‘sha nuqtada hammasi orqaga ketishni boshlaydi. 2022 yilning yanvariga kelib, hujumchi erkin agent sifatida "Barselona"ga ketishga majbur bo‘ladi. U La-ligada kataloniyaliklar bilan 24 ta bahsda 13 ta gol urib, o‘tgan yozda yana APLga qaytdi. Obameyang hozir "Chelsi" safida zaxira futbolchisiga aylangan.

Genrix Mxitaryan

Armaniston terma jamoasi a’zosi "Arsenal"da bir mavsumdan ko‘proq o‘ynadi. U 2019 yilning yozida "Roma"ga ijaraga berilgan. O‘sha mavsum oxirida ijara shartnomasi doimiysiga almashtiriladi. Mourinyo davrida Mxitaryanning ishlari unchalik yaxshi kechmadi. Shu sababli yarim himoyachi "Inter"ga ko‘chib o‘tdi. U bu mavsumda 31 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urishga ulgurdi.

Konstantinos Mavropanos

Mavropanos Gresiyaning "PAS" klubidan 2018 yilning yanvarida 2 million yevro evaziga xarid qilinadi. Yosh himoyachi asosiy tarkibga kirish uchun qattiq harakat qilgandi. Ammo buning iloji bo‘lmadi. Mavropanos ayni damda Bundesliganing "Shtuttgart" klubi safida harakat qilmoqda.

Aleksandr Lyakazett

Lyakazett 46 million funt evaziga "Lion"dan xarid qilinadi. Ammo fransuz hujumchisi o‘zining o‘yinini Londonda ham namoyish etib bera olmadi. Lyakazett 206 o‘yinda to‘pchilar uchun 71 ta gol va 36 ta assistga mualliflik qildi. O‘tgan mavsum oxirida futbolchi "Arsenal"ni erkin agent sifatida tark etib, yana eski jamoasi bo‘lmish "Lion" safiga qaytdi. Bu mavsum Lyakazett uchun ancha sermahsul o‘tmoqda. U 23 ta o‘yinda 14 ta golga mualliflik qildi.

Sead Kolashinas

Kolashinas "Arsenal" safiga 2017 yilda kelib qo‘shilgan. Uning dastlabki bahslari omadli kechgandi. Xususan, bosniyalik himoyachi "Chelsi" darvozasiga Angliya superkubogi bahsida gol kiritadi. Futbolchi olgan jarohatlar ko‘p narsaga to‘sqinlik qildi. Undan tuzalib qaytganicha, asosiy tarkibdagi joyni Kiran Tirni olib bo‘lgandi. Nunu Tavareshning kelishi esa Kolashinas uchun "Arsenal"da hammasi tugaganini anglatardi.

Koen Bremell

2017 yilning yanvari "Arsenal" uchun qizg‘in transferlar bozoriga aylangandi. Xususan, jamoa "Xednesford Taun"dan himoyachi keltiradi. Bremell 23 yoshgacha bo‘lgan jamoada o‘ynadi. Ammo asosiy tarkibdagilarga qo‘shilmadi. 2019 yilda futbolchi sotib yuboriladi. Bramollning keyingi taqdiri "Kolchester Yunayted" va "Linkoln Siti" saflarida kechgan.

Shkodran Mustafi

Mustafi "Arsenal" bilan 2 ta Angliya kubogini qo‘lga kiritgan. Ammo nemis hujumchisining nomi yaxshi xotiralar bilan eslanavermaydi. U 2021 yilning fevralida "Shalke 04"ga sotiladi. U yerdagi yarim mavsumdan keyin Mustafining manzili La-liga bo‘ldi. Hozirda himoyachi "Levante" sharafini himoya qilmoqda.

Lukas Peres

"Deportivo"dagi fantastik mavsumdan keyin, Peresni "Arsenal" sotib oladi. U 2016 yilning yozida 17.1 million funtga xarid qilingan. Garchand YECHL doirasida "Bazel" darvozasiga xet-trik yo‘llagan bo‘lsa ham, Venger Peresga ko‘p ham ishonch bildirmaydi. Shu sabab hujumchi 2017 yilda "Deportivo"ga ijaraga qaytarib yuboriladi. Shundan beri ispaniyalik futbolchining umri "Vest Xem", "Alaves", "Elche" va "Kadis" saflarida kechdi.

Kelechi Nvakali

Nvakali 2016 yilning yozida sotib olinadi. Bunga sabab, uning Nigeriya yoshlar terma jamoasi bilan chempionga aylangani edi. Yarim himoyachi ko‘p vat ijaralarda yurdi. U ayni damda Ispaniyaning ikkinchi divizionida, "Ueska" sharafini himoya qilmoqda.

Rob Xolding

Xolding jamoasi "Bolton", 2016 yilda Birinchi Ligaga tushib ketadi. Ammo himoyachining o‘zi "Arsenal"ga o‘tishga muvaffaq bo‘lgandi. Ingliz himoyachisi 2017 yilgi Angliya kubogi finalida "Chelsi"ga qarshi ajoyib o‘yin namoyish etadi. Ammo jarohatlar Xoldingga halaqit qildi. Shunga qaramay, u hamon "Arsenal" bilan birga va kerak paytda Mikel Arteta tomonidan foydalanilmoqda.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 20:51, 27.02.2023.
O'qildi: 3263 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.