Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Superkompyuter so‘nggi tur o‘yinlaridan keyin APL yakuniy jadvalini taxmin qildi. "Arsenal" hali ham chempionlik uchun asosiy da’vogarmi?

Superkompyuter so‘nggi tur o‘yinlaridan keyin APL yakuniy jadvalini taxmin qildi. "Arsenal" hali ham chempionlik uchun asosiy da’vogarmi?

Baho:
+ | -

APLda hammasi qiziqarli tus olib bormoqda. Barchasi so‘nggi turlargacha hal bo‘lmasligidan, albatta muxlislar yutadi. Bӯ yerda nafaqat chempionlik yoki to‘rtlikka kirish uchun, balki turnirda qolish uchun ham qizg‘in kurashlar kechadi.
Angliyada so‘nggi tur bahslari ham juda qiziq tus oldi. Xususan, "Arsenal" "Lester"ni mehmonda kichik hisobda yengib, o‘z yetakchiligini mustahkamlagan bo‘lsa, ortidan "shaharliklar" "Bornmut"ni yer tishlatdi.

Boshqa frontlarda ham kurashlar avjida. Masalan, "Tottenxem" "Nyukasl"ning kubok bahsidagi ishtirokidan foydalangan holda, to‘rtinchi o‘ringa 4 ochkolik farq bilan joylashib oldi. "Shporlar" o‘z uyida "Chelsi"ni 2-0 hisobida mag‘lub etgan edi. "Fulxem" va "Liverpul" ochko yo‘qotgani ham e’tiborga molik faktlardir. Pastki tomonlarda ham janglar kechmoqda. Xususan, "Vest Xem" o‘z maydonida "Nottingem"ni 4-0 hisobida yengib, xavfli hududdan tepaga ko‘tarilib oldi. "Everton" esa "Aston Villa"ga uchralgan mag‘lubiyat sababli yana "kuchsiz uchtalik"ka qaytishga majbur bo‘ldi. Xo‘sh, shunday natijalardan so‘ng, APLda kim chempion bo‘ladi? Superkompyuter buni yana bir bor taxmin qilib ko‘rdi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, "Arsenal" 38-turga qadar yetakchilik maqomini saqlab qoladi. Mikel Arteta jamoasi so‘nggi 19 yildagi ilk chempionlikka erishishi taxmin qilingan. Ular "Manchester Siti"dan 4 ochko odimlab ketgan holda mavsumni yakunlaydi.
Ulardan sal pastroqda to‘rtinchi o‘rin uchun kurash kechadi. Unda "Tottenxem" va "Nyukasl" poygaga kirishadi. Superkompyuterga ko‘ra, "qarg‘alar" hisobida ikkita zaxiradagi o‘yin borligi, mavsum so‘ngidagi jadvalga ta’sir etadi. Natijada Eddi Xau shogirdlari "Tottenxem"ni bir ochko farq bilan ortda qoldirib, to‘rtinchi o‘ringa ega chiqadi.

Jadval pastida ham zichlik mavsum oxiriga qadar saqlanib qoladi. Jumladan, 38-turdan keyin 12 va 19 o‘rindagi jamoalar o‘rtasidagi farq, bor-yo‘g‘i olti ochkoni tashkil etadi. Bu esa har qaysi uchta jamoa Chempionshipga ravona bo‘lishi mumkinligini angalatadi. Superkompyuter esa o‘sha uchta nomzodlar o‘rnida "Bornmut", "Sautgempton" va "Everton" bo‘lishini taxmin qilgan. Boshqa nomzodlar bo‘lmish "Vulverxemoton", "Nottingem" va "Lids"lar turnirda jon saqlab qoladi.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 21:19, 27.02.2023.
O'qildi: 5103 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.