Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Lionel Messi bu borada Ronalduga yetib oldi. Endigi navbat yangi rekordlarga

Lionel Messi bu borada Ronalduga yetib oldi. Endigi navbat yangi rekordlarga

Baho:
+ | -

Lionel Messi joriy mavsumni ajoyib o‘tkazmoqda. 35 yoshli hujumchi Argentina bilan Jahon chempioniga aylangan edi. U o‘z yurtini 1986 yildan beri ilk bor mundialda g‘oliblik shohsupasiga ko‘tardi. Qatardagi turnirda Messi "Oltin to‘p" sovrinini qo‘lga kiritadi. Aytish mumkinki, FIFA tomonidan unga "The Best" maqomining berilishi adolatdan bo‘ldi. Negaki, Messi "PSJ" bilan ham yaxshi daraja namoyish etmoqda. Uning mavsumdagi 12 ta goli parijliklarga ichki chempionatdagi yetakchilikni ta’minlab turibdi.

FIFA tomonidan o‘tkazilgan kechagi marosimda, Argentina terma jamoasi ustozi Lionel Skaloni Gvardiola bilan bellashuvda yilning eng yaxshi erkaklar murabbiyi nomini qo‘lga kiritdi. Uning shogirdi bo‘lgan Messi, "The Best"ga o‘z faoliyati davomida ikkinchi marta ega chiqdi. Messidan oldin Levandovski va Ronaldu ham ikki martadan bu sovringa loyiq topilgandi. Sobiq "Barselona" futbolchisining individual sovrinlar shodasi jami 10 taga yetdi. Ronalduda bu ko‘rsatkich 8 taga teng.

Sovrinni qabul qilib olar ekan, Messi shunday dedi: "Bu yerda bo‘lish men uchun sharaf. Yonimda esa Benzema va Mbappe kabi fantastik futbolchilar bor. 2022 yil menga unutilmas lahzalarni taqdim etdi. Unda men uzoq yillardan beri orzu qilgan narsamga erishdim. Hammangizga minnatdorchilik bildiraman".
Sovrin topshirish marosimida ko‘plab yulduzlar bor edi. Xususan, Kilian Mbappe o‘z dadasi bilan, Emi Martines, Kazemiro, Virjil van Deyklar esa oilasi bilan Parijga yetib keldi. Ularning hammasi FIFAning ramziy yil terma jamoasiga kiritilgandi.

Boshqa mashhur nomlar ham marosimga taklif etilgan. Masalan, braziliyalik afsona Ronaldo, "Chelsi"ning sobiq hujumchisi Didye Drogba, FIFAning ayni damdagi xodimi Arsen Venger va "Bavariya" futbolchisi Joao Kanselular ham qatnashchiga aylandi. Ammo marosim faqat bir kishiga, Messiga atalgan edi. U 2022-23 yilgi mavsumda "PSJ" safida 28 ta o‘yinda 17 ta gol va 16 ta assist qayd etgan. Leo klub miqyosidagi 700 golini urishga muvaffaq bo‘ldi. Bu gol "Marsel" bilan yakshanba kungi bahsda kiritildi. U, shuningdek, o‘sha oqshomda Mbappening ikkita goliga assistentlik qildi.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 19:00, 28.02.2023.
O'qildi: 4121 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.