Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

«Nasaf» yangi futbolchilarni tanishtirdi

«Nasaf» yangi futbolchilarni tanishtirdi

Baho:
+ | -

Qarshi shahrida joylashgan Yoshlar markazidagi faollar zalida «Nasaf» jamoasiga yangi kelib qo‘shilgan Javohir Sidiqov, Muhammadjon Rahimov, Shuhrat Muhammadiyev va Aziz Amonovning tanishtiruv marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirda Qashqadaryo viloyati hokimi, Qashqadaryo viloyati futbol assosiasiyasi prezidenti Murotjon Azimov hamda viloyat rahbarlari, jamoa muxlislari va OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirda dastlab so‘z olgan viloyat hokimi Murotjon Azimov «Nasaf» jamoasining o‘tgan mavsumda kiritgan yutuqlarini e’tirof etib, yangi mavsumda uzoq kutilgan chempionlikni qo‘lga kiritish harakat qilish kerakligini aytib, buning uchun o‘z yordamini ayamasligini aytib o‘tdi.

Keyingi so‘z navbati jamoamiz bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyevga berildi. Ro‘ziqul Sadullayevich so‘zga chiqib, yaratib berilayotgan shart-sharoitlar uchun viloyat rahbariyatiga, homiylarga va jamoamiz har doim qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislariga o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdi.

Shundan so‘ng jamoamizga yangi kelib qo‘shilgan Javohir Sidiqov, Muhammadjon Rahimov, Shuhrat Muhammadiyev va Aziz Amonovlar muxlislarga tanishtirildi.

So‘ngi so‘z o‘rnida jamoamiz prezidenti, «Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi» direktori Shuhrat Aslanov jamoaning so‘nggi yillarda kiritgan yutuqlari bejizga emasligini, bu o‘z vaqtida tog‘ri yo‘lga qo‘yilgan tizim mahsuli ekanini ta’kidlab o‘tdi. Jamoa prezidenti muxlislar va OAV qarshisida muxlislarga yuzlanib, yangi mavsumda klubning maydondagi chinakam 12-futbolchisiga aylanishlarini, g‘alaba qozonganda ham mag‘lubiyatga uchraganda ham jamoani bir xil qo‘llab-quvvatlashga chorladi.

Marosim so‘ngida muxlislar o‘zlarining sevimli futbolchilarimi bilan esdalik uchun rasmga tushishdi.

Eslatib o‘tamiz, «Nasaf» Superliganing 1-turida «Andijon» jamoasini qabul qiladi. Bellashuv 4 mart kuni 16:30 boshlanadi.

«Nasaf» futbol klubi matbuot xizmati

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 07:26, 02.03.2023.
O'qildi: 3765 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.