Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya 0-1 Parma
08/02 18:00 Alaves 0-2 Xetafe
08/02 19:00 Lechche 2-1 Udineze
08/02 19:00 Brayton 0-1 Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

O‘zPFL oyning eng yaxshilarini aniqlash mexanizmini o‘zgartirdi

O‘zPFL oyning eng yaxshilarini aniqlash mexanizmini o‘zgartirdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston professional futbol ligasi har oy yakunlariga ko‘ra eng yaxshi murabbiy, futbolchi va golni aniqlab keladi. Yakunda ovoz berishlar yilning eng yaxshilarini aniqlashga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.

So‘nggi ikki mavsum davomida bir xil tizimdan foydalanildi. Unga ko‘ra, oyning eng yaxshilarini aniqlashda uch xil sub’ekt ishtirok etib kelayotgandi:

a) 14 ta klub bosh murabbiy va sardorlarining ovozi;
b) 5 ta sport nashrining ovozi;
c) futbol muxlislarining ovozi.

Futbol muxlislari Liga rasmiy sahifalari orqali eng yaxshilarga ovoz berib keldi va bu bitta umumiy ovoz sifatida qabul qilindi. Shuningdek, «Sport» telekanali, «Championat.asia», «Sports.uz», «Tribuna.uz», «Stadion.uz» kabi nashrlarning har birining ovozi alohida ahamiyat kasb etgan. Qo‘shimchasiga, Superliga bosh murabbiylari va sardorlari ovoz berishda bevosita ishtirok etgan. Mana shu ovozlarning umumiy ko‘rinishi orqali oy futbolchi, murabbiyi va goli aniqlangan.

Liga shaffoflikni ta’minlash maqsadida har oy yakunida murabbiylar, futbolchilar, nashrlar kimga ovoz berganini e’lon qilib bordi. O‘rganishlar natijasi shuni ko‘rsatdiki, klublar yoki ularda faoliyat olib borayotgan ayrim shaxslarning o‘zaro munosabati ovoz berishga ham ta’sir ko‘rsatib, yakuniy natijada chalkashliklarga sabab bo‘lgan vaziyatlar ham kuzatildi. Shu va boshqa faktorlarni inobatga olgan holda Liga o‘z musobaqalarini muntazam kuzatib boradigan neytral shaxslar ro‘yxatini tuzib chiqdi hamda ovoz berishda ularning yordamidan foydalanishga qaror qildi. Biz bunda musobaqalarni bevosita sharhlab borayotgan, tahlil qilayotgan, mutaxassis sifatida kuzatayotgan va albatta biror klubda faoliyat olib bormayotgan kishilarga e’tibor qaratishni lozim topdik. Ular orasidan kimdir keyinchalik biror klub tizimida ish boshlasa, u avtomatik ravishda mazkur ro‘yxatdan chiqariladi. Unga qadar esa eng yaxshilarni aniqlab berishga o‘z ovozi bilan hissa qo‘shadi.

Ro‘yxat quyidagicha:

Orif Tolipov — Sport-TV
Xayrulla Hamidov — Sport-TV
Zuxriddin Qilichev — Sport-TV
Otabek Jo‘rayev — Sport-TV
Abdulla Nurmonov — Sport-TV
Narzulla Saydullayev — Championat.asia
Tolib Qosimov — Championat.asia
Faxriddin Ro‘ziyev — Sports.uz
Azamat Umarov — Sports.uz
Yaxyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev — Sports.uz
O‘tkir Jalolxonov — Tribuna.uz
Shahboz Beg‘amov — mustaqil kuzatuvchi
Zohid Akramov — mustaqil kuzatuvchi
Kamoliddin Murzoyev — O‘zbekiston futbolchilari uyushmasi
Islom Inomov — O‘zbekiston futbolchilari uyushmasi
Azamat Abduraimov — TSHFA vise-prezidenti
Baxtiyor Shirinov — O‘FA mutaxassisi (statistika)
Baxtiyor Dadamatov — O‘FA mutaxassisi (murabbiylik ta’limi)
Ravshan Haydarov — U20 O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi
 
Liga ovoz berish mumkin bo‘lgan da’vogarlarni aniqlashda O‘zbekiston kubogi uchrashuvlarini ham inobatga oladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 19:50, 06.03.2023.
O'qildi: 1312 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.