Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/10 21:30 Napoli 3-1 Komo
04/10 23:45 Verona 2-1 Venetsiya
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas 0-1 Liverpul
05/10 17:00 Espanyol 2-1 Malyorka
05/10 18:00 Udineze 1-0 Lechche
05/10 19:00 Arsenal 3-1 Sautgempton
05/10 19:00 Brentford 5-3 Vulverhempton
05/10 19:00 Lester 1-0 Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem 4-1 Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti 3-2 Fulhem
05/10 19:15 Xetafe 1-1 Osasuna
05/10 21:00 Atalanta 5-1 Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas - Selta
05/10 21:30 Valyadolid - Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton - Nyukasl
05/10 23:45 Inter - Torino
06/10 00:00 Real Madrid - Vilyarreal
06/10 15:30 Yuventus - Kalyari
06/10 17:00 Jirona - Atletik Bilbao
06/10 18:00 Bolonya - Parma
06/10 18:00 Lasio - Empoli
06/10 18:00 Chelsi - Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa - Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

Neymar «PSJ»da to‘liq ikki yilni havoga sovurib yubordi. Qanday qilib deysizmi?

Neymar «PSJ»da to‘liq ikki yilni havoga sovurib yubordi. Qanday qilib deysizmi?

Baho:
+ | -

Neymar 6 yil ichida «PSJ» kasalxonasida 731 kunni o‘tkazdi: braziliyalikning barcha jarohatlarini eslashga harakat qilamiz.

Yaqinda «PSJ» Neymarning yangi jarohatini rasman e’lon qildi.

Parij klubi futbolchisi o‘ng to‘pig‘idan yana operasiya qilinadi va taxminan 3-4 oy maydonga tusha olmaydi, shu paytgacha bo‘lgan muddatni hisoblasa, bu uning  eng uzoq davom etgan jarohatli seriyasi hisoblanadi. Jarohat tufayli braziliyalik futbolchi «Alyans Arena»da bo‘lib o‘tadigan «PSJ» va «Bavariya» o‘rtasidagi Chempionlar ligasi 1/8 final javob o‘yinini o‘tkazib yuboradi.

Shunday qilib, Neymar 2017/2018 yillarda «Real», 2018/2019 yillarda «Manchester Yunayted», 2020/2021 yillarda «Barselona» va 2021/2022 yillarda yana «Real»ga qarshi pley-off o‘yinlaridan kamida bittasini o‘tkazib yuborgan.

U 2020/2021 yilgi mavsumdagina Dortmundning «Borussiya» klubiga qarshi nimchorak finalning to‘liq ikki o‘yinlarini o‘tkazgan xolos.

«PSJ»da ikki yil to‘liq havoga uchdi

Neymarning «PSJ» kasalxonasida o‘tkazgan vaqti, shu jumladan, so‘nggi jarohati tufayli yuzaga kelgan tanaffusni hisoblasa, 731 kunlik muddat kelib chiqadi. Bu esa to‘liq ikki yilni tashkil qiladi. Braziliyalik futbolchi 2017/2018 yilgi mavsumda parijliklar safiga kelib qo‘shildi, ya’ni u ushbu davr oralig‘ida har ikki mavsumdan bittasini o‘tkazib yubordi. Bundan kelib chiqadiki, Neymar «PSJ»ning jami 104 ta uchrashuvida maydonga tusha olmagan.

«Barselona»ning sobiq futbolchisi yangi klubi safida barcha musobaqalar doirasida 173 ta o‘yinda maydonga tushgan, ya’ni Braziliya terma jamoasi sardori taxminan 37,5% bahslarda jarohat olgan, bu juda ham katta ko‘rsatkichdir.

Neymarning «PSJ»dagi jarohatlari ro‘yxati

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, quyidagi raqamlar braziliyalikning so‘nggi olti mavsumdagi jarohatlari:

22/23 - to‘piqdan jarrohlik, 20.02.2023

22/23 - to‘piq jarohati, 25.11.2022 dan 04.12.2022 gacha

22/11.2022 - Jismoniy jihatdan yetarli darajada formada emaslik, 02.11.2022

22/11 - to‘piq jarohati, 29.11.2021 dan 10.02.2022 gacha

22/21 - mushakdagi noqulaylik, 15/11/2021 dan 18/11/2021 gacha

22/21 — mushakdagi noqulaylik, 16/10/2021 dan 23/10/2021 gacha

21/20 - 01/08/2021 dan 26/08/2021 gacha o‘yinga yetarlicha tayyorgarlikning yo‘qligi

21/20 - 11.02.2021 dan 19.03.2021 gacha mushakdagi noqulaylik

21/20 - to‘piq bilan bog‘liq muammolar, 14/12/2020 dan 10/01/2021 gacha

21/20 - 28.10.2020 dan 19.11.2020 gacha bo‘lgan muddatda mushakdagi noqulaylik

21/20 - Koronavirus, 02.09.2020 dan 11.09.2020 gacha

02.03.2020 dan 02.06.2020gacha qovurg‘adagi ko‘karishlar

20/19 - son jarohati, 14.10.2019 dan 20.11.2019 gacha

20/19 - formada bo‘lmaslik, 08/10/2019 dan 09/06/2019 gacha

18/19 - xochsimon paylarning shikastlanishi, 07.06.2019 dan 09.08.2019 gacha

18/19 - oyoq barmoqlarining sinishi, 24.01.2019 dan 19.04.2019 gacha

19/18 - qo‘shimcha mushakdagi noqulaylik, 03/12/2018 dan 02/12/2018 gacha

19/18 - qo‘shimcha mushakdagi noqulaylik, 21/11/2018 dan 07/11/2018 gacha

18/17 - oyoq barmoqlarining sinishi, 26.02.2018 dan 27.05.2018 gacha

18/17 - tos suyakdagi muammolar, 19.01.2018 dan 25.01.2018 gacha

18/17 - tanadagi og‘riq, 11/01/2018 dan 15/01/2018 gacha

18/17 - kichik jarohatlar, 11.02.2017 dan 13.11.2017 gacha

18/17 - Kichik jarohatlar, 21.09.2017 dan 25.09.2017 gacha.

Kiritildi: 14:49, 07.03.2023.
O'qildi: 1815 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.