Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Toza o‘yin vaqti, gol nishonlash uchun ajratilgan vaqt va boshqalar. Futbol qoidalarida yana o‘zgarishlar yuz beradi

Toza o‘yin vaqti, gol nishonlash uchun ajratilgan vaqt va boshqalar. Futbol qoidalarida yana o‘zgarishlar yuz beradi

Baho:
+ | -

Angliyaning London shahrida Xalqaro futbol assosiasiyalari kengashining (IFAB) yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Yig‘ilishda toza o‘yin vaqti, o‘yindan tashqari holat va avval gapirilmagan yangi qoidalar muhokama qilinadi. 2023/24 yilgi mavsum futbolda nimalar o‘zgarishi mumkin?

— "Marca" nashrining yozishicha, keyingi mavsumdan kuchga kiradigan qoidalardan biri: zaxira futbolchilari maydonga chiqib ketgan tadbirda ham urilgan gollar bekor qilinmaydi.

— To‘rtinchi hakam sardorlik bog‘ichidagi o‘yinchi doim maydonda bo‘lishini nazorat qiladi. Ko‘pincha sardor almashtirilsa, u bog‘ichni boshqa futbolchiga berishni unutib, zaxiraga ketgan vaqtlar ham bo‘ladi.

— Gol nishonlashlar ham qo‘shib berilgan daqiqalarning bir qismi bo‘ladi. Urilgan golni bir yoki bir yarim daqiqadan ortiq nishonlash mumkin emas.

— Darvozabonlar penalti ijrochisini chalg‘itishi mumkin emas. Masalan, turli harakatlar bilan raqibga bosim o‘tkazish, vaqtni cho‘zish, darvoza ustunlariga va to‘rlariga teginish taqiqlanadi.

— Hakamning ruxsatisiz maydonni tark etgan himoyalanayotgan jamoa o‘yinchisi darvoza yoki qanot chizig‘ida bo‘lgan hisoblanadi. Hujum qilayotgan futbolchi esa faol fazada ishtirok etmaslik uchun maydonni tark etishi yoki maydon chetida qolishi mumkin.

— Agar o‘yinchi maydon chegarasidan chiqib ketib, hakam hushtagiga qadar qaytadigan bo‘lsa, ofsayd aniqlanayotgan vaqtda u darvoza chizig‘i ustida turgan sifatida hisoblanadi.

Uchrashuvning asosiy mavzulari, albatta, o‘yinlarning toza vaqtiga o‘tish va Arsen Vengerning o‘yindan tashqari holat qoidasi haqida bo‘ladi. FIFAning futbolni rivojlantirish bo‘yicha direktori hujumchilar himoyachilardan ko‘ra ko‘proq ustunlikka ega bo‘ladigan o‘zgarishni taklif qilmoqda — hujumchi tanasining oxirgi qismiga qarab o‘yindan tashqari holat aniqlanadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:30, 09.03.2023.
O'qildi: 2590 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик