Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

“Istiqlol” stadionida yoritish tizimi 1800 lyuksdan oshdi (foto)

“Istiqlol” stadionida yoritish tizimi 1800 lyuksdan oshdi (foto)

Baho:
+ | -

U20 Osiyo kubogi guruh bosqichini ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazgan “Istiqlol” stadioni bugundan Superliga uchrashuvlarini qabul qiladi. 2-tur doirasida bugun Farg‘onada “Neftchi” va “Paxtakor” o‘rtasida “o‘zbek klasikosi” bo‘lib o‘tadi.

Kecha Liga komissari “Istiqlol” stadionini chempionat o‘yinlariga tayyorlash davomida projektorlar berayotgan yorug‘likni o‘lchadi. Unga ko‘ra, yoritish tizimi 1800 lyuksdan oshirilgani aniqlandi. Qo‘shimchasiga, projektorlar butun maydon bo‘ylab uyg‘unlikda yorug‘lik uzatishi ta’minlangan. Bu esa “Istiqlol” stadioni OFK talablariga to‘la javob berishini anglatadi.

Shuningdek, “Istiqlol” arenada elektron reklama tablolari o‘rnatilgan. Maydon maysasi, drenaj va sug‘orish tizimi 2022-yildayoq Liga talablari asosida yangilangan.

"O‘zbekiston Professional futbol ligasi Farg‘ona viloyati hokimligi, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodiga, xususan, viloyat hokimi Xayrulla Bozorovga mamlakat futbolini rivojlantirish yo‘lidagi mehnatlari uchun minnatdorchilik bildiradi" - deyiladi O‘zPFL bayonotida.

“Neftchi” – “Paxtakor” qarama-qarshligi bugun soat 18:30 da start oladi.

Kiritildi: 15:11, 10.03.2023.
O'qildi: 2714 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик