Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Gvardiola: "Raqib olti nafar futbolchi bilan himoyalandi"

Gvardiola: "Raqib olti nafar futbolchi bilan himoyalandi"

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola APLning 27-turida "Kristal Pelas" ustidan qozonilgan g‘alaba (1:0) haqida fikr bildirdi.

"Ularning qurollari bor. Vilfrid Zaxa, Mishel Olise, Eberechi Eze aql bovar qilmaydigan hujumchilar va aql bovar qilmaydigan xavf tug‘diradi. Ular sovuqqon, zo‘r hujumkor o‘yinchilar. Bu sabr-toqat masalasi.

Hammasidan mamnunman, ammo bizga qarshi hujumlar biroz yetishmadi. Bu oson emas, ular o‘z jarima maydonchalarida olti nafar futbolchi bilan himoyalanishadi, Erling Xolandni ikki kishi ushlab turdi, Ilkay Gyundogan ham qo‘riqlashardi. Bu sabr-toqat masalasi edi.

Joau Kanselu ketganidan keyin bizda qanot himoyachilari yetishmayapti. Bizda faqat Kayl Uoker va Serxio Gomes bor. Biz to‘rtta markaziy himoyachi bilan o‘ynaymiz va biz kuchlimiz. To‘rttasi ham ajoyib o‘yinchilar, shuning uchun biz juda yaxshi himoyalandik" - dedi Gvardiola.

 

Kiritildi: 11:21, 12.03.2023.
O'qildi: 1183 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик