Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
06/12 22:30 Betis 3-5 Barselona
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

“PSJ” yangi jamoa yig‘adimi?

“PSJ” yangi jamoa yig‘adimi?

Baho:
+ | -

Chempionlar ligasidan chiqib ketgan “PSJ” yozda tarkibini kuchaytirish uchun bir qator transferlarni amalga oshirmoqchi. L'Equipe.com nashri xabariga ko‘ra, fransuz klubi har bir qator o‘yinchilarni sotib olishni rejalashtirmoqda: himoyada "Vilyarreal"dan Pau Torres, yarim himoyada PSVdan Ibrohim Sangare va Myunxengladbaxning "Borussiya"sidan Kuadio Kone.

Hujum uchun ham jiddiy xaridlar rejalashtirilgan. Fransuz grandi "Manchester Siti"ning hujumkor yarim himoyachisi Bernardu Silva va mos ravishda "Lion", "Napoli" va "Benfika" hujumchilari Rayan Sherki, Viktor Osimxen va Gonsalu Ramushni sotib olmoqchi. Bu futbolchilar hozir qanday holatda va yozda “PSJ” qanday muammoga duch kelishini aytib o‘tamiz.

Pau Torres, himoyachi, “Vilyarreal”

Ispaniyalik futbolchi “Vilyarreal” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 26 yoshli himoyachi deyarli butun faoliyatini o‘z klubida o‘tkazdi, 2018/2019 yilgi mavsumni hisobga olmaganda, u "Malaga"ga ijaraga o‘tgan edi. Torres asosiy tarkibda “Vilyarreal” safida 160 ta, Ispaniya terma jamoasida esa 23 ta o‘yinda maydonga tushdi. Pau o‘zining klubi bilan birgalikda 2021 yilda Yevropa ligasida g‘olib chiqdi. Terma jamoadagi yutuqlariga kelsak, u 23 yoshgacha bo‘lganlar terma jamoasi futbolchisi sifatida 2020 yilgi Olimpiada kumush medali sovrindoriga aylandi. Markaziy himoyachining “Vilyarreal” bilan shartnomasi 2024 yilning yozida yakuniga yetadi va Transfermarkt tomonidan 50 million yevroga baholangan.
Oldinroq Le10Sport nashri Pau Torres Gonsalu Inasio (“Sporting”) bilan birga “PSJ” nomzodlar ro‘yxatidan joy olgani haqida xabar bergan edi.

Ibrohim Sangare, PSV yarim himoyachisi

2022 yilda "Barselona" va "Chelsi" ivuarlik futbolchiga qiziqish bildirishdi, ammo u PSVda qoldi, u bilan 2027 yilning yoziga qadar shartnomasi bor. Ibrohim Sangare klubi safida 123 ta o‘yin o‘tkazib, u bilan birga 3 ta sovrinni qo‘lga kiritgan. Joriy mavsumda himoyachi barcha turnirlarda 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Kot-d’Ivuar terma jamoasi safida Ibrohim Sangare 24ta o‘yinda 5ta gol urgan. Hozir uning transfer qiymati 35 million yevroga baholangan.

Kuadio Kone, yarim himoyachi, "Borussiya" M

Ikki yil avval fransuz futbolchisi “Tuluza”dan “Borussiya M”ga 9 million yevro evaziga o‘tgandi. Kuadio Kone hozir Bundesligadagi ikkinchi ajoyib mavsumini o‘tkazmoqda, Myunxengladbax klubi safida uning o‘yinlari soni 50dan oshib ketdi. 2022 yilda markaziy yarim himoyachi Fransiyaning 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilari tarkibida oltita o‘yinda maydonga tushdi. Fransiyalik futbolchining "Borussiya M" bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Uning narxi 25 million yevroga baholanmoqda.

Bernardu Silva, yarim himoyachi, “Manchester Siti”

Portugaliyalik futbolchi oltinchi yildirki "Manchester Siti"da o‘ynamoqda. Bu vaqt ichida Bernardu Silva klub safida 288 ta o‘yin o‘tkazib, 52 ta gol urdi, 56 ta golli uzatmani amalga oshirdi va 11 ta milliy sovrin, jumladan, 4 ta Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi. Hujumkor yarim himoyachi joriy mavsumda barcha musobaqalarda 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 4+5 ko‘rsatkichini qayd etdi.

Yarim himoyachi 80 million yevroga baholangan va "Siti" bilan ikki yillik shartnomaga ega. Portugaliyalikning o‘zi, TheAthletic xabariga ko‘ra, "Real Madrid" yoki "Barselona"ga o‘tishni istamoqda. Kataloniyaning Sport.es nashri xabariga ko‘ra, "Manchester Siti" Bernardu Silvani "Barsa"ga 65 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. Ehtimol, fransuz grandi bu yozda taklifni ortda qoldirishi mumkin.

Rayan Sherki, hujumchi, “Lion”

19 yoshli hujumchi "Lion" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Rayan Sherki uchun bu Liga 1'dagi to‘rtinchi mavsumdir. Ko‘rinishidan Karim Benzemaga o‘xshab ketadigan fransiyalik futbolchi bu mavsum barcha musobaqalarda 27ta o‘yinda gol+pas tizimida atigi 4+4 ball to‘pladi. Sherki “Lion” safida 90ta o‘yinda maydonga tushib, 13ta gol urgan. Hujumchi nima uchun “PSJ” skautlarini qiziqtirgani to‘liq aniq emas. Uning "Lion" bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Uning transfer qiymati - 18 million yevro.

Viktor Osimxen, hujumchi, “Napoli”

Yevropaning ko‘plab top-klublari yozda Viktor Osimxen uchun kurashadi. Allaqachon hujumchiga "PSJ" va "Chelsi" klublari qiziqish bildirmoqda. Osimxen klub uchun 88 o‘yinda 49 ta gol urgan va Nigeriya terma jamoasi safida 23 o‘yinda 15 ta gol urgan. Hujumchi allaqachon Fransiyada "Lill"da o‘ynagan: 2019/2020 yilgi mavsumda u Liga 1'ning 27 o‘yinida 13 + 5 natijani qayd etgandi. Shubhasiz "Napoli" o‘z to‘purari uchun 100+ million yevro so‘raydi, garchi Transfermarkt uni "atigi" 70 million yevroga baholagan bo‘lsa ham.

Gonsalu Ramush, hujumchi, “Benfika”

"Ronaldu merosxo‘ri" faoliyatidagi eng yaxshi mavsumni o‘tkazyapti - "Benfika" uchun 34 o‘yinda 23+9 va JCHda Shveysariya bilan o‘yinda xet-trik. L'Equipe.com nashri xabariga ko‘ra, Ramush transferda uzilish yuz bergan taqdirda Viktor Osimxenga muqobil hisoblanadi. Portugaliyalik futbolchiga "Manchester Yunayted" va "Real" ham qiziqish bildirmoqda. Ramushning "Benfika" bilan shartnomasi 2026 yilning yozida tugaydi va uning transfer narxi 40 million yevroni tashkil qiladi.

“PSJ” yozda qanday muammolarga duch keladi

Hozirda “PSJ” tarkibida 26 nafar futbolchi bor, ulardan ikkitasi – Serxio Ramos va Lionel Messining shartnomasi yozda tugaydi. Katta ehtimol bilan parijliklar rahbariyati ikkalasini ham saqlab qolishga harakat qiladi. Saudiya Arabistonidan qiziqishlariga qaramay, Serxio Ramos “PSJ”da qolmoqchi, ammo uning kelajagi joriy mavsum oxirigacha o‘ynashiga bog‘liq. Shu bilan birga, fransuz klubida 10 nafar futbolchi ijaraga berilgan: Mauro Ikardi, Abdu Diallo, Leandro Paredes, Jorjinyo Veynaldum, Yulian Draksler, Erik Dina Abimbe, Keylor Navas, Leyvin Kurzava, Kolin Dagba va Eduard Mishu. 7 nafar yangi o‘yinchi sotib olinsa, "PSJ" "Chelsi" kabi muammoga duch keladi. “PSJ”ni yaxshigina “bosh og‘rig‘I” kutayotgani aniq.

Kiritildi: 12:14, 13.03.2023.
O'qildi: 5326 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.