Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona 2-1 Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro 4-1 Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv

Kukurelya: «Mbappe va Vinisius uchun o‘zimni qurbon qilishga tayyorman»

Kukurelya: «Mbappe va Vinisius uchun o‘zimni qurbon qilishga tayyorman»

Baho:
+ | -1

Madridning «Real» klubi va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Mark Kukurelya 2026/27 yilgi mavsumdagi rejalari haqida gapirib berdi. Ushbu mavsum ispaniyalik futbolchi uchun «qaymoqranglilar» safidagi debyut mavsumga aylanadi.

«Mbappe va Vinisius uchun o‘zimni qurbon qilishga tayyorman. Jamoamiz g‘alaba qozonishi uchun bor "qora ishlarni" bajarishga tayyorman. Mening yagona maqsadim — faqat g‘alaba qozonish», — deya himoyachining so‘zlarini keltiradi insayder Fabrisio Romano X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Mark Kukurelya 2026 yilning 15 iyun kuni «Chelsi»dan «Real Madrid»ga rasman ko‘chib o‘tgan edi. Transfer summasi 55+5 million yevroni tashkil etdi. O‘zaro shartnoma olti mavsumga mo‘ljallangan bo‘lib, 2032 yilga qadar amal qiladi. Hozirda Kukurelya JCH-2026 musobaqasida ishtirok etish uchun Ispaniya terma jamoasi ixtiyorida bo‘lib turibdi.

Kiritildi: 16:35, 30.06.2026.
O'qildi: 2932 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик