Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Kannavaroning A Seriya jamoalaridan hafsalasi pir bo‘ldi

Kannavaroning A Seriya jamoalaridan hafsalasi pir bo‘ldi

Baho:
+ | -

Italiyalik afsonaviy himoyachi Fabio Kannavaro A Seriyadagi chempionlik poygasi haqida gapirdi.

«Buni qandaydir falokat desa ham bo‘ladi. «Napoli»ning 18 ochko bilan oldinda borayotgani Spaletti jamoasi ta’qibchilari uchun sharmandalik.

Meni eng ko‘p «Milan» xafa qiladi. Ular Chempionlar ligasida yaxshi natijaga erishdilar, ammo chempionatda ham ancha yaxshi o‘yin ko‘rsatishlari mumkin edi», - dedi Kannavaro.

Italiya chempionatining 26-turi yakunlariga ko‘ra, «Napoli» 68 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida ishonchli tarzda peshqadamlik qilmoqda.

Ikkinchi o‘rinda «Inter» (50), kuchli uchlikni esa «Lasio» (49) yopadi. Keyingi o‘rinlarda «Milan» va «Roma» bormoqda.

Kiritildi: 11:06, 14.03.2023.
O'qildi: 1767 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик