Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/11 17:00 Xitoy - Yaponiya
19/11 17:00 Indoneziya - Saudiya Arabistoni
19/11 17:00 KXDR - O‘zbekiston
19/11 19:00 Falastin - Janubiy Koreya
19/11 19:00 Qirg‘iziston - Eron
19/11 21:00 Ummon - Iroq
19/11 21:00 BAA - Qatar
19/11 23:15 Bahrayn - Avstraliya
19/11 23:15 Kuvayt - Iordaniya

Mashhur futbol imperiyalarining zamonaviy tendensiyalari

Mashhur futbol imperiyalarining zamonaviy tendensiyalari

Baho:
+ | -

«Red Bull» eng rivojlangan imperiyaga ega

Mashhur energetik ichimliklar brendi futbol olamida tobora ko‘proq ishtirok etmoqda. Kompaniya dunyo bo‘ylab bir qancha futbol klublarini yaratgan. Ular orasida «Leypsig», «Zalsburg», «Nyu-York» va «Bragantino» jamoalari bor. Tashkilot rahbari avstriyalik bo‘lgani uchun ular 2005 yilda mahalliy «Avstriya» klubini sotib olishadi. Kompaniya to‘liq rebrendingni amalga oshirdi va o‘rtacha klubdan chempionatning yaqqol yetakchisiga aylandi.

Biroz vaqt o‘tgach, Germaniyaning 5- divizionidagi klub sotib olindi va uning negizida «RB Leypsig» tashkil etildi. Jamoa Germaniya cho‘qqisiga aql bovar qilmaydigan tezlikda ko‘tarildi - buning uchun atigi 7 yil kerak bo‘ldi. Va o‘shandan beri «buqalar» Chempionlar Ligasi zonasiga kirish uchun doimiy raqobatchilardan biri bo‘lib kelmoqda.

Red Bull klublarining afzalligi - mashg‘ulotlar intensivligi va yuqori saviyali murabbiylar uchun ajratilgan katta mablag‘dir. Ushbu sarmoyalar ko‘plab mamlakatlarda futbol saviyasini yaxshilashga yordam berdi va yosh iste’dodlarni rivojlantirishga hissa qo‘shdi. Klublar tayyor o‘yinchilarga e’tibor qaratmaydi, balki yaxshi rivojlangan skaut tizimidan foydalanishni afzal ko‘radi. Xullas, ular Sadio Mane, Erling Xolland, Yoshko Gvardiol, Timo Verner kabi futbolchilarni dunyoga kashf qilishdi. Bu ro‘yxat juda uzun bo‘lishi ham mumkin. Ammo shuni ta’kidlash joizki, Red Bullning futboldagi ishtiroki bahs-munozaralardan xoli bo‘lmagan. Ba’zi muxlislar kompaniyaning bir nechta klublarga egaligi halol raqobat tamoyillariga zid ekanligini ta’kidlamoqda. Boshqalar kompaniyani sportning o‘ziga emas, balki marketing va brendingga e’tibor qaratgani uchun tanqid qilishadi.

Shayx Mansurning «City Football Group» kompaniyasi ham xuddi shunday ulkan imperiyaga aylandi.
CFG ko‘p millatli tashkilot bo‘lib, dunyo bo‘ylab o‘nta futbol klubiga egalik qiladi va ularni boshqaradi, uning flagmani «Manchester Siti» hisoblanadi. CFG 2014 yilda tashkil etilgan va Shayx Mansur bin Zoid Al Nahayonga tegishli xususiy sarmoya firmasiga qaraydi. «Manchester Siti» ushbu futbol klublari guruhining yetakchisi sifatida ajoyib muvaffaqiyatga erishdi. Investor kelganidan beri jamoa ko‘plab milliy sovrinlarni qo‘lga kiritdi. Boshqa futbol klublari ham muvaffaqiyatga erishmoqda. Masalan, «Nyu-York Siti» 2019 yilda o‘zining birinchi kubogini qo‘lga kiritdi va Ispaniyaning «Jirona»si Ispaniya chempionatida katta sarmoyaga ega bo‘lmagan holda ham o‘z ligasida juda yaxshi kurashmoqda.

2021 yilda CFG Moskvaning «Spartak» klubidagi ulushlarning bir qismini sotib olishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqaldi. Bir qator ommaviy axborot vositalari kompaniya vakillari ushbu shahardagi dastlabki muzokaralarni o‘tkazish uchun kelganini xabar qilishdi, ammo kelishuv hali amalga oshirilmaganiga ko‘ra, jamoani sotib olish g‘oyasi o‘z doirasida qolmoqda.

Futbol imperiyalari tez-tez tanqid qilinadi

So‘nggi yillarda sun’iy yo‘l bilan barpo etilayotgan klublarning rivojlanishi jadal ketmoqda. Shunday bo‘ladiki, futbol imperiyalarining ba’zi jamoalari o‘zlarining asosiy fagmanlari uchun ishlaydilar. «Manchester Siti»da ham, Germaniyaning «Red Bull» klubida ham xuddi shunday yo‘l tashkil etilgan. Red Bull Avstriyada juda mashhur emas, Germaniyada unga unchalik toqat qilishmaydi. «Siti» imperiyasi ham muxlislarning noroziligidan xavotirda. Lekin eng yorqin misol - «Udineze», «Uotford» va «Granada»ga egalik qiluvchi «Posso» oilasi. Ularning egalari vaqti-vaqti bilan o‘z futbolchilarini o‘zaro almashtirishadi. Bundan ko‘zlangan maqsadlar va sog‘lom sport uchun foydalanib, boshqa klublarning ular bilan shartnoma imzolash uchun kurashishlariga to‘sqinlik qiladi.

Red Bull jamoalari o‘rtasida o‘yinchilarni «Zalsburg»dan «Leypsig»ga o‘tkazish amaliyoti keng tarqalgan. Katta moliyaviy daromad tufayli nemis klubi o‘yinchi olib, uni «Zalsburg»ga ijaraga jo‘natishi mumkin. Muxlislarning g‘azabini jurnalist Kristian Falkning so‘zlari yanada bo‘rttiradi: «Bunday transferlar tizimi rivojlansa, futbol xavf ostida qoladi. Men bunday tarzda axloqiy me’yorlarni buzgan bitimlarni ko‘rmaganman». UYEFA «Zalsburg» va «Leypsig»ning Yevropa musobaqalarida ishtirok etishidan yanada g‘azablandi. Assosiasiya nizomiga ko‘ra, bir tashkilot klublari xalqaro turnirlarda qatnasha olmaydi, chunki bu sport musobaqalari tamoyillariga ziddir. Shu munosabat bilan UYEFA arbitraj sudi o‘z tekshiruvini o‘tkazdi va har ikki klubga Chempionlar ligasida ishtirok etishga ruxsat berishga qaror qildi.

Kiritildi: 23:05, 14.03.2023.
O'qildi: 1382 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.