Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

"Portu" so‘nggi 10 yilda 367 million funtlik futbolchi sotgan. Agar ular sotilmaganida, jamoa qanday ko‘rinish olgan bo‘lardi?

"Portu" so‘nggi 10 yilda 367 million funtlik futbolchi sotgan. Agar ular sotilmaganida, jamoa qanday ko‘rinish olgan bo‘lardi?

Baho:
+ | -

"Portu" joriy mavsumdagi YECHLdagi ishtirokini "Inter" bilan kurashda yakunladi. Agarda bu jamoa so‘nggi dekadada 367 millionlik futbolchilarini sotib yubormaganida, hozir jamoa umuman boshqacha ko‘rinishga ega bo‘lardi. Uzoq vaqtdan beri, bu klub talantlar fabrikasi bo‘lib, yulduzlar tayyorlash bilan shug‘ullanib keladi. Shunga qaramay, o‘sha futbolchilarning hech biri jamoada qolmaydi va katta pulga sotiladi. Quyida portuliklar tomonidan tayyorlangan eng mashhur futbolchilardan tuzilgan ramziy terma jamoa qayd etiladi. Ularning umumiy qiymatini esa yuqorida aytdik.

Darvozabon: Jose Sa – 2 million funt

Sa jamoani 2018 yilda tark etib, "Olimpiakos" tarkibiga yo‘l oladi. U yerda, darvozabon jami 3 mavsum o‘tkazdi. Uning ayni damdagi manzili "Vulverxempton" bo‘lib turibdi.

Chap qanot: Danilo – 27 million funt

Braziliyalik himoyachi 2015 yilda "Real" tomonidan xarid qilinadi. Uning manzili 2018 yildan boshlab "Manchester Siti" bo‘ldi. Ayni damda, Danilo "Yuventus" sharafini himoya qilmoqda (2019 yildan beri).

Markaziy himoya: Eder Militao – 44 million funt

Braziliya terma jamoasi a’zosi 2019 yildan beri "Real"da haralkat qiladi. U hozirga qadar 2 marta Ispaniya chempioni bo‘ldi, yana bir marta esa YECHLda zafar quchdi.

Markaziy himoya: Elyakim Mangala – 42 million funt

Mangala 2014 yilda "Manchester Siti" tomonidan xarid qilingan. U o‘sha paytda APLdagi eng qimmat himoyachiga aylanadi. Ayni damda erkin agent bo‘lgan futbolchi, "Valensiya", "Everton" va "Sent-Etyen" sharafini ham himoya qilgan.

Chap qanot himoya: Aleks Sandro – 23 million funt

Aleks 2015 yilda Turin klubi bo‘lmish, "Yuventus" nazariga tushadi. Shundan keyin braziliyalik Italiyaga yo‘l oldi. U hozirga qadar jamoaning asosiy figurasi bo‘lib kelmoqda. Himoyschi "keksa sinyora" bilan 5 marta Italiya chempioni bo‘lishga ulgurgan.

Yarim himoya: Vitinya – 36 million funt

"Vulverxempton" safida bir muddat harakat qilgach, Vitinya o‘tgan yozda "PSJ" tomonidan sotib olindi. U bu mavsumda 37 ta o‘yinda qatnashdi. Ammo gol ura olgani yo‘q.

Yarim himoya: Ruben Nevesh – 16 million funt

Nevesh hozirda "Vulvz" safida harakat qiladi. Jamoa sardori bo‘lgan futbolchi, arzon narxda sotilgandi. U Chempionshipdan APLga chiqib kelgan. Ruben hozirda yulduz futbolchilardan biridir.

O‘ng qanot hujum: Fabiu Viyeyra – 34 million funt

2022 yilning yozida "Portu" o‘z futbolchisini "Arsenal"ga sotdi. Viyeyra bu mavsumda jarohatlar sababli asosiy tarkibga kira olgani yo‘q. U o‘z vaqtini kutmoqda.

Hujumkor yarim himoyachi: Xames Rodriges – 40 million funt

Jeyms "Monako"ga 2013 yilda katta narxda pullanadi. U 2015 yildan "Real" safida bir muddat porlagan edi. Kolumbiyalik hozirga qadar "Everton", "Bavariya", "Al-Rayyan" va "Olimpiakos" sharafini himoya qildi.

Chap qanot hujum: Luis Dias – 50 million funt

2022 yilning yanvarida "Liverpul" Diasni ancha katta hajmdagi pulga xarid qilgandi. Kolumbiya terma jamoasi a’zosining joriy mavsumdagi ishlari jarohat sababli yomon kechmoqda.

Hujumchi: Xalk – 53 million funt

Xalk 2013 yilda Rossiyaning "Zenit" klubiga sotiladi. U bir necha yil Xitoyda ham faoliyat yuritdi. Ayni damda hujumchi Braziliyaning "Atletiko Mineyro" klubida harakat qiladi.

Umumiy qiymat: 267 million funt-sterling.

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 18:25, 15.03.2023.
O'qildi: 6480 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.