Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 00:00 PSJ 0-1 Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid - Bavariya
10/05 23:45 Frozinone - Inter
11/05 00:00 Nissa - Gavr
11/05 00:00 Brest - Reyms
11/05 00:00 Alaves - Jirona

U20 Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Koreyani mag‘lub etib, finalga chiqdi!

U20 Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Koreyani mag‘lub etib, finalga chiqdi!

Baho:
+ | -

20 yoshli futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida ikkinchi finalchining nomi aniq bo‘ldi.

Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Janubiy Koreyaga qarshi 120 daqiqa davomida mardonavor o‘yin namoyish etdi. Jamoamiz bir qator vaziyatlar yaratib, ko‘plab zarbalar yo‘llashdi. Raqib posboni tomonidan namoyish etilgan bir nechta seyvlar o‘yinda to‘pning darvozaga kirishiga yo‘l qo‘ymadi.

Penaltilar seriyasini esa koreyaliklar boshlab berishdi. Boymurodov raqibning dastlabki 2ta zarbasini qaytarib, o‘yin qahramoniga aylandi. Hamyurtlarimiz esa dastlabki 3 ta zarbani golga aylantirishgan bo‘lsa, koreyalik uchinchi futbolchi gol muallifiga aylandi. Otabek Janubiy Koreyaning to‘rtinchi zarbasini ham bartaraf etib, penaltilar seriyasi taqdirini hal qildi — 3:1! Keyingi zarbalarga hojat qolmadi.

Shu tariqa, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi final yo‘llanmasi qo‘lga kiritdi. Osiyo chempionligi uchun esa guruhdagi raqibimiz Iroqqa qarshi bahs olib boramiz. Guruhda Iroqni mag‘lub etganimizdan xabaringiz bor (1:0).

U20 Osiyo kubogi. Yarim final. 19:00
O‘ZBEKISTON - JANUBIY KOREYA - 0:0.
Qo‘shimcha bo‘limlar — 0:0. Penaltilar seriyasi — 3:1
Kang Seong-Jin (0:0, seyv) — Abbos Fayzullayev (1:0)
Kang Sang-Jin (1:0, seyv) — Mahmudjon Mahamadjonov (2:0)
Park Chang-Vu (2:1) — Zafarmurod Abdurahmatov (3:1)
Kim Ji-Su (3:1, seyv)!
Ogohlantirishlar: Asadbek Jo‘raboyev (35) — Kang Sang-YUn (28)
O‘zbekiston U20: 21.Otabek Boymurodov, 3.Abduqodir Husanov, 6.Jahongir O‘rozov, 7.Po‘latxo‘ja Xoldorxonov (Asadbek Jo‘raboyev 20, Sherzod Esanov 67), 8.Behruzbek Asqarov (Shahriyor Jabborov 84), 10.Umarali Rahmonaliyev (S), 13.Zafarmurod Abdurahmatov, 14.Abbosbek Fayzullayev, 15.Diyorbek Ortiqboyev, 17.Nodirbek Abdurazzoqov (Shahzod Akramov 67), 20.Mahmudjon Mahamadjonov
Janubiy Koreya: Kim Jun-Xong, Xvang In Taek, Choy Seok-Xyun, Park Xyun-Bin (Lii Jun-Je 90), Kim Yong-Xak (Li Jun-Sang 105), Li Yong-Jun (Sung Jin-Yong 60), Baye Jun-Xo (Park Chang-Vu 53), Cho Yong-Kvang (Mun Seung-Min 90), Kang Sang-YUn, Kim Xi-Seung (Kang Seong-Jin 46), Kim Ji-Su
Bosh hakam: Abdulloh Jamoliy (Kuvayt).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:53, 15.03.2023.
O'qildi: 4788 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.