Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

Janubiy Koreya U-20 ustozi: «Ko‘p shogirdlarim muxlislar bilan to‘lgan stadionda o‘ynamagan va ularda hayajon sezildi»

Janubiy Koreya U-20 ustozi: «Ko‘p shogirdlarim muxlislar bilan to‘lgan stadionda o‘ynamagan va ularda hayajon sezildi»

Baho:
+ | -

Janubiy Koreya U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Kim Yon Chun U-20 Osiyo Kubogi yarim finali doirasida O‘zbekistonga qarshi o‘yindagi (0:0, 1:3) mag‘lubiyatdan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

O‘yin haqida
Birinchi navbatda O‘zbekiston terma jamoasini tabriklayman. Qo‘limizdan kelgan eng yaxshi o‘yinni ko‘rsatdik, afsuski omad kulib boqmadi. Biz har bir o‘yinda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz, bugungi uchrashuv ham bundan mustasno emas.

O‘tgan o‘yinga nisbatan o‘zgarishlar bo‘lgani borasida
O‘tgan o‘yindagi tarkibni biroz o‘zgartirdim, chunki ular 120 daqiqa o‘ynagan edi. Yangi o‘yinchilarni maydonga tushirishga qaror qildim. Bugun asosiy tarkibda maydonga tushgan o‘yinchilar ham yaxshi harakat qildi va ulardan minnatdorman.

Penaltilar seriyasi startidagi muvaffaqiyatsizlik haqida
O‘tgan matbuot anjumanida aytib o‘tganimdek, ko‘p o‘yinchilar muxlislar bilan to‘lib toshgan stadionda o‘ynamagan va shu sabab ularda biroz hayajon bor edi. Ular hali juda yosh va o‘ylaymanki, bu o‘yindan saboq oladi.

Musobaqaning tashkiliy ishlari borasida
Ovqatlanish, mehmonxona, maydonlar va transport juda yaxshi tashkil etilgan. Men noliydigan narsa ko‘rmadim. Mashg‘ulot maydonlarining sifatini yaxshilasa bo‘ldi deb o‘ylayman. Muxlislar yaratgan muhitdan yaxshi ma’noda hayratlandim.

Jahon chempionati va Osiyo Kubogidagi o‘yin darajasi farqi haqida
Osiyo mintaqasidagi terma jamoalar deyarli bir xil darajada, Jahon chempionatida esa bunday emas. Biz dunyo birinchiligida yaxshi o‘yin namoyish etib, Koreya sha’nini himoya qilishimiz kerak.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:35, 15.03.2023.
O'qildi: 3609 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик