Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

Ferdinand Vinisiusni Mbappe va Xolandga qiyosladi

Ferdinand Vinisiusni Mbappe va Xolandga qiyosladi

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasining sobiq himoyachisi Rio Ferdinand “Real” hujumchisi Vinisius Juniorni boshqa jamoalardagi hamkasblari bilan solishtirdi. Sobiq futbolchi “PSJ” va “Manchester Siti”dan Kilian Mbappe va Erling Xolandni misol qilib keltirdi, shuningdek, “Manchester Yunayted”dan Markus Reshford va “Arsenal” futbolchisi Bukayo Sakani tilga oldi.

“Vinisius Mbappe va Xolanddan bir pog‘ona pastroq, to‘g‘rimi? Menimcha, Reshford va Saka bir xil darajada. Lekin bu yigit... Uning men aytib o‘tganlardan farqi shundaki, u buni Chempionlar Ligasi pley-off bosqichida amalga oshirdi, u jamoaning muhim o‘yinchisi sifatida ushbu turnirda g‘olib chiqdi.

Zamonaviy futbolning muhim tarkibiy qismi bu tezlikdir. U himoyachilarning qo‘rqinchli tushidir. Vinisius nafaqat tezlik, balki undan foydalanish qobiliyatiga ham egadir", - deya Ferdinandning so‘zlarini keltiradi BT Sport.

Kiritildi: 14:27, 16.03.2023.
O'qildi: 2122 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик