Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo - Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

YECHLning "mehmondagi gol" qoidasi sababli klassikaga aylangan o‘yinlar: "Barselona", "Chelsi", "Roma", "Tottenxem"...

YECHLning "mehmondagi gol" qoidasi sababli klassikaga aylangan o‘yinlar: "Barselona", "Chelsi", "Roma", "Tottenxem"...

Baho:
+ | -

YECHLning pley-off bahslari futboldagi eng qiziq jarayonlardan biri sanaladi. Mana, ikkinchi yildirki, biz mehmondagi gol qoidasini chetga surdik. Ammo ochig‘ini aytish kerak, o‘sha qoida sabab futbol yanada shiddatli va qiziq kechardi. Biz muxlislarga esa, aynan shu kerak. Qoidani olib tashlashga bir nechta mantiqiy va qonuniy sabablar bo‘lgan. Biroq, ayrim manbalarga ko‘ra, UYEFA pley-off bosqichlarida ko‘proq ekstra-taymli bahslar ko‘rishni xohlagan. Bunga sabab reklamadan keladigan foydadir.
Quyida mehmondagi gol nisbati sababli o‘ta qiziq kechgan bahslar aytib o‘tiladi.

"Chelsi" 1-1 "Barselona" (2009)

Ushbu bahsni mehmondagi gol hal qiladi. Birinchi o‘yin nursiz durang bilan yakunlangan bo‘lsa, Londondagi uchrashuvda Andreas Inyestaning goli kataloniyaliklarni finalga olib chiqadi. Albatta, buning hali javobi ham bor edi...

"Barselona" 2-3 "Chelsi" (2012)

Yuqoridagi voqeadan bir necha yil o‘tib, "Chelsi" qasos olishga qaror qiladi. Londondagi o‘yin 0-1 hisobida Gvardiola jamoasi foydasiga hal bo‘lgan. "Kamp Nou"da hammasi boshqacha bo‘ldi. O‘sha paytda "quturgan" "Barsa"ni kamtargina "Chelsi" dog‘da qoldiradi.

"Barselona" 6-1 "PSJ" (2017)

"Barselona" 2017 yilda parijliklar maydonida 4-0 hisobida qaqshatqich mag‘lubiyatga uchraydi. Eng yomoni shuda ediki, Messi boshchiligidagi jamoa mehmonda birorta ham gol urolmaydi. Bu esa jamoaga kamida 4 ta gol urish majburiyatini yuklaydi. Ispaniyada 3 ta gol uriladi. Ortidan Kavani hisobni qisqartiradi. Bu esa "Barsa"ning 1 ta gol zaruriyatini 3 taga chiqaradi. Shunga qaramay, o‘sha 3 ta gol o‘yinning keyingi qismida amalga oshiriladi.

"Roma" 4-4 "Barselona" (2018)

"Barselona" doimo mana shunday dramarik vaziyatlarda yashagan. 2018 yilda "Roma" mehmonda 4-1 hisobida taslim etiladi. Rim shahrida esa 3-0 hisobida g‘alabaga erishilgan. Bir yil oldin ko‘rsatgan jasorati, "Barselona"ning o‘z boshiga balo bo‘ldi va "PSJ" holiga tushdi.

"Manchester Siti" 4-4 "Tottenxem" (2019)

"Shporlar" o‘z uyida Gvardiola jamoasini kichik, 1-0 hisobida mag‘lub etadi. Javob o‘yini ancha dramatik kechgan. "Etihad"da Son 2 ta gol uradi. Oradan ko‘p o‘tmay "shaharliklar" bunga 3 ta javob qaytarishadi. Bu esa Gvardiola oldiga aniq yo‘l qo‘yadi: nima qilib bo‘lsa ham durang o‘ynamaslik va yutish. Ammo ikkinchi bo‘limda Aguero va Lyorentelar har ikki tomonni xurand qilib, 4-4 hisobini vujudga keltiradi. Bu esa "Tottenxem"ni finalga yo‘l olganini anglatardi.

"Yuventus" 4-4 "Portu" (2021)

Nimchorak finalda "Portu" turinliklarni o‘z uyida 2-1 hisobida mag‘lub etadi. Italiyada ham shunday hisob qayd etilgani, ekstra-taymlarga yo‘l ochgandi. 30 daqiqalik vaqtda har ikki tomondan Serxio Olivyera va Andrian Rabyolarning gollari umumiy hisobni 4-4 ga keltirgan. Ammo "Portu"ning 2 raqib darvozasiga kiritgan ikkita goli, hammasini hal qilgan va portugallarni keyingi bosqichga olib chiqqan.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 15:00, 17.03.2023.
O'qildi: 2757 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.