Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Asror Aliqulov: "Qizil kartochka rejalarimizni barbod qildi"

Asror Aliqulov: "Qizil kartochka rejalarimizni barbod qildi"

Baho:
+ | -

Superliga 3-turidan o‘rin olgan “Metallurg” – “Qizilqum” (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Metallurg” mavsumni muvaffaqiyasiz boshlagan edi va shu sabab raqib jamoa futbolchilari ilk daqiqadanoq bosim uyushtirib, g‘alaba uchun borini berishlarini bilar edik. Shuning uchun asosan qarshi hujumda o‘ynashga e’tibor qaratdik. Birinchi bo‘limda qulay imkoniyatga ega bo‘ldik, ammo uni golga aylantira olmadik. Qolaversa, qizil kartochka rejamizning buzilishiga olib keldi.

Zamonaviy futbolda to‘psiz o‘ynash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Islom Toshpo‘latov to‘p bilan yaxshi harakat qiladi, ammo to‘psiz harakatlanish borasida o‘z ustida ishlashi lozim.

Yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishdagi 10 futbolchi limiti bizni ancha qiynadi. Darvoza chizig‘iga ham futbolchi olmoqchi edik. Ammo, ularni birgina videoroligini ko‘rib jamoaga taklif etolmaymiz. Bizda Ilyosov va Makosindan boshqa darvozabon yo‘q. Umid qilamanki, Javohir o‘ziga kelib oladi”, – dedi Aliqulov.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 19:58, 19.03.2023.
O'qildi: 1356 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик