Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

O‘FA hamda OFK vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘FA hamda OFK vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston so‘nggi yillarda OFK hamda FIFA miqyosidagi nufuzli musobaqalarni yurtimizda o‘tkazish yuzasidan katta qadamlarni tashladi. Buning natijasida yurtimiz o‘tgan davr mobaynida turli yosh toifasidagi qit’a birinchliklariga mezbonlik qildi.

Xususan, 2026 yilda ayollar o‘rtasidagi Osiyo Kubogini qabul qilish bo‘yicha yakuniy nomzod mamlakatlar qatorida O‘zbekiston ham bor. Shu munosabat bilan Osiyo futbol konfederasiyasi vakillari qit’aning eng nufuzli musobaqasiga mezbonlik qilish imkoniyatlarini o‘rganish, tahlil qilish va yakuniy xulosalarni berish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurishdi.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasida o‘tkazilgan uchrashuv avvalida mutaxassislar yurtimizda bo‘lib o‘tgan U-20 Osiyo kubogining yuqori saviyada o‘tganligini alohida e’tirof etishdi va bu borada O‘FA vakillariga minnatdorchilik bildirishdi. O‘FA hamda OFK o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik ishonch hamda hurmat asosida qurilgan ekanligini va kelgusida OFK tasarrufidagi bir nechta musobaqalar aynan O‘zbekistonda bo‘lib o‘tish imkoniyatlari yuqori ekanligi ta’kidlandi.

O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Irmatov Osiyo futbol konfederasiyasi bilan yaqin hamkorlikda o‘tkazilgan Osiyo kubogi yurtimizda bayramona ruhda o‘tib, millionlab muxlislar uchun unutilmas lahzalarni taqdim etganligini bildirdi.

Rejaga ko‘ra, OFK va O‘FA vakillari boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Toshkent, Farg‘ona, Qarshi va Buxorodagi mavjud sharoitlar inspeksiya qilinadi. Futbol infratuzilmasi, stadionlar, mashg‘ulot maydonlari hamda delegasiyalar joylashadigan mehmonxonalardagi qulayliklar va xizmat sifati, yashash xonalari va ovqatlanish joylari o‘rganib chiqiladi.

Shuningdek, uchrashuvda yana bir qancha yo‘nalishlar, xususan, ayollar futboli haqida so‘z yuritildi. Keyingi yil yurtimizda bo‘lib o‘tadigan ayollar o‘rtasidagi U-20 Osiyo kubogiga tayyorgarlik rejalari muhokama qilindi.

Mutasaddilarga rejaga muvofiq bajarilishi kerak bo‘lgan keyingi vazifalar belgilab berildi.

Kiritildi: 12:06, 21.03.2023.
O'qildi: 1616 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик