Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/08 00:30 Elche 0-5 Barselona
24/08 19:00 Qo‘qon-1912 1-1 Buxoro
24/08 22:30 Osasuna 0-0 Levante
25/08 00:00 Fulhem 2-3 Chelsi
25/08 00:30 Malaga 1-1 Deportivo

"Liverpul" yangi sport direktor bilan muzokara olib bormoqda

"Liverpul" yangi sport direktor bilan muzokara olib bormoqda

Baho:
+ | -

"Liverpul" "Monako" sport direktori Pol Mitchell bilan muzokaralar olib bormoqda.

Klub sport direktori lavozimida ishlagan Maykl Edvards bilan o‘tgan yozda xayrlashgan "Liverpul", Edvardsni o‘rnini egallagan sport direktori Julian Uord bilan joriy mavsum yakunida xayrlashadi.

Uordning ketishi noyabr oyida e’lon qilingan edi, shuning uchun "Liverpul"da uning o‘rnini bosuvchi sport direktorini tanlash uchun ko‘p vaqt bor edi.

Get French Football News nashri xabariga ko‘ra, "Liverpul" Mitchell bilan muzokaralar olib bormoqda, ammo u yozgi transfer oynasi oxirigacha "Monako" bilan bog‘laydigan majburiyatlarga ega.

"Sautgempton" va "Tottenxem" klublarining seleksiya bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan Mitchellni "Chelsi" va "Manchester Yunayted" ham o‘z safiga chorlagandi.

Kiritildi: 18:30, 22.03.2023.
O'qildi: 1748 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик