Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Santush: «Himoya va hujum o‘rtasida muvozanat bo‘lishi kerak»

Santush: «Himoya va hujum o‘rtasida muvozanat bo‘lishi kerak»

Baho:
+ | -

Polsha terma jamoasi bosh murabbiyi Fernando Santush Chexiyaga qarshi (1:3) Yevro-2024 saralashi doirasidagi o‘yin natijalarini sarhisob qildi.

«Bugun biz yaxshi natijaga erishmadik va men shunchaki yomon start haqida gapirmayapman. Chexlar yaxshi boshlayotganini bilardik, ammo baribir bunga dosh bera olmadik.

Bizda to‘p bo‘lmaganida chexlar o‘ziga xos uslublari, juda tajovuzkor qarshi hujumlari bilan pressing qilishdi, himoyadan hujumga tezda o‘tishdi. O‘yinimizni tezda tahlil qilishimiz kerak, chunki bizni Albaniyaga qarshi juda muhim o‘yin kutib turibdi.

Men umidsizlik va qayg‘uni his qilyapman va bu nafaqat mening, balki futbolchilarning ham his-tuyg‘ulari.

Himoya va hujum o‘rtasida muvozanat bo‘lishi kerak. Biz mentalitetimiz ustida ishlashimiz kerak, bugun tunda sodir bo‘lgan vaziyatlarni tezda tahlil qilish kerak», - deya Santushning so‘zlarini keltiradi UYEFA rasmiy sayti.

Keyingi o‘yinda Polsha 27 mart kuni Albaniya bilan, shu kuni Chexiya Moldova bilan o‘ynaydi.

Kiritildi: 10:09, 25.03.2023.
O'qildi: 2751 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик