Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

“Surxon” futbol klubi tegishli qarzdorlik 29 mart sanasiga qadar to‘lab berilishi to‘g‘risida ogohlantirildi

“Surxon” futbol klubi tegishli qarzdorlik 29 mart sanasiga qadar to‘lab berilishi to‘g‘risida ogohlantirildi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Professional futbol ligasi “Surxon” futbol klubi hamda Surxondaryo viloyati hokimligiga mavjud qarzdorlik yuzasidan o‘zining so‘nggi xavotirini rasman bildirdi. Avvalroq Liga “Surxon” futbol klubining ishchi-xodimlar, futbolchi va murabbiylardan qarzdorligi masalasiga to‘xtalib o‘tgandi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-yanvardagi “Surxon PFK” mas’uliyati cheklangan jamiyati ustav fondidagi davlat ulushini “FC-Surhan” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga sotish to‘g‘risida”gi 4-son qaroriga muvofiq Surxondaryo viloyati hokimligi zimmasiga “Surxon PFK” mas’uliyati cheklangan jamiyatining o‘tgan davrdagi faoliyati yuzasidan tezkor mustaqil audit tekshiruvini o‘tkazib, klubning aniqlangan kreditor qarzdorligini 2023 yilning 10 yanvariga qadar bartaraf etilishini ta’minlash yuklatilgan bo‘lsa-da, hozirgi kunga qadar qarzdorlik to‘liq bartaraf etilmadi.

Surxondaryo viloyati hokimligi mazkur qaror ijrosini bajarishga kirishgani, “Surxon” futbol klubining moliyaviy-xo‘jalik faoliyati to‘liq o‘rganilgani, futbol klubiga tegishli qarzdorlikning haqiqiy miqdoriga aniqlik kiritilgani O‘zbekiston Professional futbol ligasiga ma’lum. Shunga qaramay, qarzdorlik hozirgi kunga qadar saqlanib turgani Ligani xavotirga soladi, deyiladi xatda.

Osiyo futbol konfederasiyasining professional futbol klublarini lisenziyalash mezonlaridan eng muhimi mavjud qarzdorlikning bartaraf etilganligi hisoblanadi. Oldindan tasdiqlangan taqvim rejaga muvofiq, Osiyo futbol konfederasiyasining lisenziyalash jarayoni joriy yilning martiga qadar yakunlanishi kerak edi. Keyinchalik O‘zPFL so‘roviga asosan mazkur jarayon faqatgina O‘zbekiston uchun 30-mart kuniga qadar uzaytirildi.

Shundan kelib chiqib, 29-martga qadar “Surxon” futbol klubining sobiq futbolchi hamda murabbiylari oldidagi qarzdorligi bartaraf etilmasa, Osiyo futbol konfederasiyasining AFC CLAS platformasida bu borada ochilgan qarzdorlik bo‘yicha bandlar yopilmay qoladi hamda klubning lisenziyalashdan o‘ta olmasligiga sabab bo‘ladi. Agar “Surxon” futbol klubi joriy yilgi mavsumda Osiyo futbol konfederasiyasining lisenziyalash jarayonidan o‘ta olmasa, Superligada qaysi o‘rinni egallashidan qat’i nazar o‘z faoliyatini kelgusi mavsumda quyi ligada davom ettirishi “Superliga va Pro liga reglamenti”ning 10.2-bandida o‘z aksini topgan.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 13:26, 25.03.2023.
O'qildi: 3684 marta.
Fikrlar: 33 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик