Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Ronaldu va Messi o‘rtasidagi kurash hali oldinda! Tarixdagi eng yaxshi to‘purar kim bo‘ladi?

Ronaldu va Messi o‘rtasidagi kurash hali oldinda! Tarixdagi eng yaxshi to‘purar kim bo‘ladi?

Baho:
+ | -

Lionel Messi faoliyatidagi 800-golini urdi. Bu Argentina va Panama o‘rtasidagi o‘yinda sodir bo‘ldi. U Krishtianu Ronalduni ta’qib qilmoqda. Portugaliyalik - futbol tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi - 830 ta gol. Krishtianu Lixtenshteyn bilan o‘yinda dubl qayd etdi va argentinalikdan ustunlikni oshirdi. Keling, IFFHS versiyasiga ko‘ra jahon futboli tarixidagi eng yaxshi 5 nafar to‘purarlar ro‘yxatini ko‘rib chiqamiz.

5. Ferens Pushkash, 729 ta gol

Venger futbolchisi butun faoliyatini "Honved" va "Real"da o‘tkazgan. Ferens Pushkash o‘z uyida beshta chempionlikni qo‘lga kiritgan, Ispaniyada 10ta sovrin. Hujumchi Vengriya ligasi (to‘rt marta), La ligada (to‘rt marta), yevrokuboklarda (uch marta) to‘purarga aylandi. Pushkash terma jamoa (84 gol) va “Honved” (378) tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi.

4. Romario, 755 ta gol

Romario o‘zi o‘ynagan barcha ligalarda to‘purar bo‘lgan: yetti marta Karioka ligasida, uch marta Niderlandiya chempionati va Braziliya chempionatida. Bir marta La ligada. 1994 yilda Romario jahon chempionligini qo‘lga kiritdi va eng yaxshi futbolchi sifatida tan olindi. Keyin FIFA talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi.

3. Pele, 762 gol / 1283 gol

Pele Braziliya terma jamoasi safida 77 ta gol urgan, biroq Neymar bu ko‘rsatkich bo‘yicha undan o‘zib ketish arafasida, bu esa “PSJ” hujumchisini o‘z mamlakati tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylantiradi. Uch karra jahon chempioni ko‘plab rekordlarni o‘rnatdi, ammo hozir ularning haqiqiyligini tekshirib bo‘lmaydi.

Masalan, aynan braziliyalikni ko‘pchilik futbol tarixidagi eng yaxshi to‘purar deb biladi. Bir versiyaga ko‘ra, u faoliyatidagi 1363 o‘yinda 1289 ta gol kiritgan. Qolaversa, Pele 19 yoshida bir mavsumda 103 uchrashuvda 126 ta gol urganini iddao qiladigan manbalar ham bor.

2. Lionel Messi, 800 ta gol

Leo Messi “Barselona” safida 672, “PSJ” uchun 29 va Argentina terma jamoasi safida 99 ta gol urgan. Ikki yil va 30 gol farqini hisobga olsak, argentinalik futbolchi Krishtianu Ronalduga yetib olishi va eng yaxshisiga aylanishi mumkin. Ammo portugaliyalik futbolchi kamida 40 yoshga to‘lgunga qadar o‘ynamoqchi va Saudiya Arabistoni chempionatidagi o‘yini faqat ustunlikni saqlab qolishga yordam beradi. Bizni birinchi o‘rin uchun qiziqarli kurash kutmoqda!

1. Krishtianu Ronaldu, 830 ta gol

Agar Messi kechagina o‘zining 800-golini urgan bo‘lsa, Krishtianu Ronaldu bu belgini 2021 yilning dekabrida kiritgan edi. "Arsenal"ga qarshi bahsda dubl qayd etdi va bunday ko‘rsatkichga erishgan birinchi futbolchiga aylandi. Krishtianuning gol urish borasidagi asosiy muvaffaqiyatlari terma jamoa uchun tarixda butun dunyo o‘yinchilari orasida birinchi o‘rin (120) va Chempionlar ligasida 140 ta gol (Messida 129) bor.

Kiritildi: 12:01, 26.03.2023.
O'qildi: 8682 marta.
Fikrlar: 21 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.