Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi uchun Yevro-2024 saralash bosqichi yaxshi boshlanganini qayd etdi.
Yevropa chempionati saralashining dastlabki ikki uchrashuvida Portugaliya terma jamoasi Lixtenshteyn (4:0) va Lyuksemburg (6:0) termalarini mag‘lub etdi. Bu o‘yinlarning har birida Ronaldu ikkitadan gol urdi.
"2 o‘yin, 2 g‘alaba! Maqsadga erishildi. Bizning malakatimizning bu juda ijobiy boshlanishiga hissa qo‘shganimizdan xursandman. Faqat oldinga!" – deb yozdi hujumchi Twitter sahifasida.