Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Desham: «Lyorisni almashtirish oson bo‘lmadi, lekin Mayk - bu Mayk»

Desham: «Lyorisni almashtirish oson bo‘lmadi, lekin Mayk - bu Mayk»

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham Irlandiyaga qarshi o‘yindan so‘ng darvozabon Mayk Menyanning o‘yinini yuqori baholadi.

Fransuzlar 50-daqiqada Benjamen Pavarning goli evaziga mehmonda minimal g‘alabaga erishdi. Uchrashuv yakunida irlandlar durang qayd etishlari mumkin edi, ammo jahonning amaldagi vise-chempionlarini milanliklar darvozaboni qutqarib qoldi.

«U biz uchun g‘alabani saqlab qoldi. Darvoza pozisiyasida Ugo Lyorisni almashtirish oson bo‘lmadi, lekin Mayk - bu Mayk.

U biz bilan birinchi kundayoq o‘ynamayapti va juda yaxshi taassurot qoldirmoqda», - dedi Desham.

Fransiya terma jamoasi Yevro-2024 saralash bosqichining ikki turidan keyin olti ochkoga ega. Jamoa birinchi o‘yinda Gollandiya terma jamoasini o‘z maydonida mag‘lub etgandi (4:0).

Kiritildi: 06:14, 28.03.2023.
O'qildi: 2500 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик