Indoneziyada sog‘lom fikr g‘alaba qozonmoqda. Mamlakat prezidenti Joko Vidono bugungi intervyusida muhim narsalarni aytdi:
«Isroil terma jamoasining 20 yoshlilar o‘rtasidagi jahon chempionati uchun Indoneziyaga kelishi mezbon mamlakatning Falastinga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirmaydi;
FIFAda sport va siyosatni aralashtirmasdan, barcha a’zolar hurmat qilishi kerak bo‘lgan qoidalar mavjud.
Indoneziya futbol federasiyasi prezidenti Erik Tohir muammoga yechim topish maqsadida FIFA bilan shoshilinch muzokaralar olib bormoqda», – deyiladi intervyuda.