Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Ronaldu 30 yoshidan beri 10 ta yulduz hujumchining rekordlarini zabt etdi

Ronaldu 30 yoshidan beri 10 ta yulduz hujumchining rekordlarini zabt etdi

Baho:
+ | -

Ko‘plab futbolchilarning 30 yoshidan keyin asta-sekinlik bilan faoliyatida pasayish yuz beradi. Ammo Krishtianu Ronaldu borasida buning mutlaqo teskarisi. U 30 yoshidan keyin yanada yaxshilanib bordi. Ayni damda esa, 38 yosh bo‘lishiga qaramay, Ronalduning gol urish qobiliyati va instinkti juda ham kuchli bo‘lib qolmoqda. Portugaliyalik yulduz 30 yoshga kirganidan beri 376 ta golga mualliflik qildi. Bu esa ko‘plab mashhur futbolchilarning butun faoliyati davomida urgan gollaridan ko‘proqdir.

Ronaldu 30 yoshga to‘lganidan keyin 3 mavsum "Real"da, yana uch yil "Yuventus" bilan, qolgan davrni esa "MYU" va "Al-Nasr"da o‘tkazmoqda. Krishtianu "Real"dagi so‘nggi yillarida vingerlikdan markaziy hujumchiga aylangandi. U Italiyada asosan to‘qqizinchi raqamli futbolchi vazifasini bajardi. Aynan pozisiya o‘zgarishi sababli, 30 dan keyin ham Ronaldu gollar urishdan to‘xtamadi. Klub bilan birgalikda terma jamoada ham uning gollar urish odati davom etdi. Xususan, u 2019 yilda 19 ta golni aynan Portugaliya safida kiritgandi. Xatto bugun ham Ronaldu o‘z termasida faol. U Yevro saralash bahslarida jami 4 ta gol urishga erishdi.

Ronaldu o‘z yoshi va darajasi haqida shunday degandi: "Genetik va biologik jihatdan men 30 yoshdaman. Men doimo tanam va ruhiyatimni yaxshi parvarish qilganman. Yaqindagina shuni bildimki, 33 yoshdan keyin ham tanangiz siz istagan ishni qilib bera olarkan. Ammo maydondagi asl jang aqliy bo‘ladi. Balki 40, 41 yoki 42 yoshimgacha to‘p teparman. Men uchun eng muhim narsa esa gollardan zavq olish bo‘lib qolaveradi".
Portugaliya terma jamoasi ustozi Roberto Martines Ronalduning muhimligi haqida fikr bildirgan. U shunday deydi: "U bizga kerak. Negaki, Ronalduda hech kimda bo‘lmagan yirik tajriba mavjud. Futbolchilar uchun kiyinish xonasida katta namuna zarur. Ronaldu esa jamoaga ham ma’nan ham ruhan yordam beradi. Sardor sifatida Ronaldu bunga burchlidir".

Ronaldu 30 yoshidan beri 376 ta gol urganini aytgandik. Bu raqam quyidagi afsonaviy hujumchilarning butun boshli faoliyatidagi gollaridan ko‘proqdir.

1. Ueyn Runi (366 ta gol)
2. Didye Drogba (362 ta gol)
3. Robin van Persi (322 ta gol)
4. Luka Toni (322 ta gol)
5. Karlos Teves (321 ta gol)
6. Franchesko Totti (316 ta gol)
7. Diyego Forlan (310 ta gol)
8. Ernan Krespo (307 ta gol)
9. Marko van Basten (306 ta gol)
10. Fernando Torres (301 ta gol).

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 20:00, 29.03.2023.
O'qildi: 4946 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.