Kirish Ro'yxatdan o'tish

Livakovich faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin

Livakovich faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin

Baho:
+ | -

"Vilyarreal" Zagrebning "Dinamo"si va Xorvatiya terma jamoasi darvozaboni Dominik Livakovichga qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi AS.

Manbaga ko‘ra, ispan klubi yozgi transfer oynasida darvozabonni sotib olishi mumkin. "Sariq suv osti kemasi" tarkibida xorvat jamoa faxriysi Pepe Reynani o‘rnini egallashi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, "Bavariya" qishki transfer oynasida Livakovichga qiziqqan edi, ammo myunxenliklar oxir-oqibat shveysariyalik Yann Zommerni sotib oldi.

Joriy mavsumda 28 yoshli Livakovich “Dinamo” safida barcha musobaqalarda 39 ta o‘yin o‘tkazib, 43 ta gol o‘tkazib yuborgan. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 00:20, 31.03.2023.
O'qildi: 1220 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.