Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Xitoyning Kuytun shahri meri boshchiligidagi delegasiya Qo‘qondagi «Markaziy» stadionga tashrif buyurdi

Xitoyning Kuytun shahri meri boshchiligidagi delegasiya Qo‘qondagi «Markaziy» stadionga tashrif buyurdi

Baho:
+ | -

Qo‘qon shahriga Kuytun shahar hokimi boshchiligidagi delegasiya tashrif buyurdi. Qo‘qon shahar hokimligida ikki tomon rasmiylari va ishbilarmon doiralari o‘rtasida o‘tkazilgan muloqot chog‘ida davlatlarimiz rahbarlarining tashabbuslari bilan turli sohalarda o‘zaro manfaatli aloqalar rivojlanib borayotgani ta’kidlab o‘tildi.

Kuytun shahar hokimi Altay Saken boshchiligidagi delegasiya a’zolari shahrimiz hokimi Ma’rufjon Usmonov hamrohligida “Qo‘qon-1912»ga qarashli “markaziy” stadionga tashrif buyurishdi. Xitoylik mehmonlar o‘zbek futbolining eng birinchi jamoasi tarixi bilan qiziqishdi. Klub rahbari Akramjon Mamadaliyev mehmonlarga jamoa tarixi hamda ushbu kundagi holati haqida so‘zlab berdi. Mehmonlar futbolchilar bilan suhbatlashib esdalik uchun suratga tushishdi. “Markaziy” maydonida Kuytun hamda Qo‘qon shahar hokimlari o‘zaro to‘p tepish bo‘yicha kichik bellashuvga kirishdilar.

Jamoa rahbariyati tomonidan janob Altay Sakenga mehmonning ismi tushirilgan “Qo‘qon-1912» formasi hamda boshqa esdalik sovg‘alar taqdim qilindi. Kuytun shahar merida “Qo‘qon-1912» jamoasining tarixi katta taassurot qoldirdi.

Har ikki hokimlar Qo‘qon va Kuytun shaharlari o‘rtasida do‘stlik aloqalarini rivojlantirish borasidagi memorandumni imzoladilar.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 10:48, 01.04.2023.
O'qildi: 1332 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик