Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Maksim Shaskix: "Bizda asosiy tarkib degan tushuncha yo‘q"

Maksim Shaskix: "Bizda asosiy tarkib degan tushuncha yo‘q"

Baho:
+ | -

Superliganing 4-turi doirasida safarda “Metallurg”ni mag‘lub etgan amaldagi chempion – “Paxtakor” klubi ustozi Maksim Shaskix g‘alaba haqli tarzda qo‘lga kiritilgani, A’zamov va Rashidovning holati va terma jamoa yig‘inlaridan so‘ng jamoaga qaytgan futbolchilar holati bo‘yicha fikr bildirdi.

"Uchrashuvda haqli g‘alabaga erishdik. Gol urish uchun yetarli imkoniyatlar yaratmagan bo‘lishimiz mumkin, ammo, umumiy qilib aytadigan bo‘lsam, g‘alabaga biz to‘la haqli edik. Maydon sifati bizga o‘zimiz xohlagan futbolni namoyish etishga halal bergan bo‘lsa ham, umuman olganda yomon o‘ynamadik. G‘alabaga haqli ravishda erishdik”, - dedi murabbiy.

“Rashidov haqidagi savollarga oldingi o‘yinlardan keyingi matbuot anjumanlarida batafsil javob bergan edim. Hozir ham qaytarishim mumkin – uning formasi hozircha biz kutgan darajada emas. U hozirda mashg‘ulotlarda astoydil shug‘ullanyapti va umid qilamanki, jamoaga kuchliroq, biz bilgan Rashidov qaytadi. Bizda asosiy tarkib degan tushuncha yo‘q. Biz barchaga birdek imkoniyat berayapmiz. A’zamov esa, birinchi davra yakuniga qadar jamoamizga qo‘shilishiga umid qilamiz. Uning jarohati biroz jiddiy edi va mutaxassislar uni birinchi davra yakunigacha safga qaytishini aytishgan edi. Bu borada tavakkal qilishni istamaymiz. Unga shifokorlar qachon ruxsat berishsa, shunda qaytadi. Reja bo‘yicha tiklanish jarayonlarini olib borsa, birinchi davra yakunigacha safimizga qaytadi”.

“Albatta, “Paxtakor”dan turli yoshdagi termalarimizga qancha ko‘p futbolchi chaqirilsa, bundan xursand bo‘lamiz. Asosiy terma jamoada ham, U-20 termasida ham bizning juda ko‘plab futbolchilarimiz bor. Bu bizning ham yutug‘imiz. Ammo, murabbiy sifatida ular bizning yonimizda, mening yonimda bo‘lishsa, xotirjamroq bo‘laman. Mana, hozir ham ularning yig‘inlardan so‘ng jamoamizga kirishib ketishi biroz qiyinroq jarayonni tashkil qiladi. Bu tabiiy. Ularga ortiqcha yuklamalar tushadi. Bu borada murabbiylar ishlaymiz. Vazifamiz – futbolchilar bilan yuzaga keladigan bu kabi muammolarni minimallashtirish. Ammo, yana qaytaraman, har qanday futbolchining maqsadi – milliy terma jamoa safida o‘ynash. Bizdan chaqirilayotgan futbolchilar qancha ko‘pchilik bo‘lishsa, shuncha xursand bo‘lamiz”.

Kiritildi: 22:43, 02.04.2023.
O'qildi: 1100 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик