Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

"Chelsi" uchun Grem Potter "operasiya"si qanchaga tushdi?

"Chelsi" uchun Grem Potter "operasiya"si qanchaga tushdi?

Baho:
+ | -

"Chelsi" kecha Grem Potterni o‘z vazifasidan ozod qildi. Klub yangi rahbariyati bo‘lmish Todd Byoli qo‘l-ostida har qanday ishni o‘ta qimmat narxga bajarmoqda. Potterni olib kelish qarori ham bundan mustasno emas. Ikki transfer oynasi davomida butun dunyodagi klublardan ko‘ra ko‘p pul sovurgan "Chelsi", yangi rekordlarni quvishni davom ettiradi. Xususan, bu jamoa ayni damda Yevropadagi eng qimmat tarkibga ega bo‘lib turibdi. Shunga qaramay, "aristokratlar"ning ayni damdagi o‘rni APL jadvalining ikkinchi yarmidan joy olgan. Bu esa jamoani yangi mavsumda YECHLda ishtirok etish imkoniyatlarini pasaytiradi. "Chelsi" oldidan bunga erishish uchun faqatgina bitta yo‘l bor: joriy mavsumda YECHLda g‘olib bo‘lish. Bu esa oson bo‘lmasligi aniq. Negaki, chorak finaldagi raqib – "Real"!
Quyida Potterning jamoadagi qisqagina davri (6 oy) rahbariyat uchun qanchaga tushgani haqida so‘z boradi.

Tomas Tuxelni iste’foga chiqarish

Sentyabrdagi xabarlarda Tuxel ishdan erta ketgani sabab 13 million funt, murabbiylar shtabi uchun qo‘shimcha 2 million funt olishi aytilgandi. Nemis mutaxassisi "Chelsi"ni YECHL g‘olibiga aylantirganidan keyin ikki yillik yangi shartnomaga imzo chekkan. O‘sha bitim 2024 yilda tugashi kerak edi.
Tomas Tuxel "Stemford" Brij"ni tark etganida "Chelsi" 4-pog‘onadan uch ochkolik farq bilan, APLda 6 o‘rinni band etib turgandi. Ayni damda ular 11 o‘rinda va to‘rtinchi jamoa bilan farq 12 ochkoni tashkil etmoqda.
O‘tgan oyda "Brayton" ommaga moliyaviy hisobotlarini ochiqladi. Unda aytilishicha, Potter "Chelsi"ga o‘tishi uchun janubliklar 21.5 million funt tovon puli olgan. Ushbu qiymatga murabbiylar shtabining sarf-harajatlari ham qo‘shilgan. Ayni damda o‘sha shtabdan Potter o‘rniga bir vakil qoldirildi. Bruno Saltor keyingi murabbiy kelguniga qadar, jamoani boshqarib turadigan bo‘ldi.

Potterning "Chelsi"dagi shartnomasi

Potter Tomas Tuxelning o‘rniga sentyabr oyida olib kelinadi. O‘shanda, u klub bilan besh yillik shartnoma tuzadi. Ushbu voqeadan so‘ng, 47 yoshli mutaxassis yiliga 11.8 million funt ishlab topadigan bo‘ldi. Bu qiymat APLdagi uchinchi eng yaxshi maoshdir. Dunyo bo‘yicha esa Potter Simeone, Gvardiola va Kloppdan keyingi o‘rinni egallagan. Endi Potterning besh yillik bitimini hisoblasak, 59 million funtga yetadi. Shunga qaramay, Potter bu pullarning qanchasini va qay tartibda olishi noma’lumligicha qolmoqda. Bordiyu, Potter kompensasiya to‘lovining barchasini olsa, bu "Chelsi" 2018 yilda Antonio Kontega to‘lagan qiymatdan ikki baravarga oshib ketadi (26.6 million).

Aniq ma’lumotlar keyinroq ochiqlanishi aytilgan. Potter shartnomasi borasida har-xil gaplar yuribdi. Shulardan biri, bitimida iste’foga chiqarish davridagi jamoa pozisiyasi bilan bog‘liq banddir. Ya’ni, klub murabbiyni ishdan olmoqchi bo‘lsa, kompensasiya to‘laydi. Ammo u to‘lov to‘liq qilinishi uchun klub turnir jadvalida yuqori o‘ntalikda turishi kerak. Afsuski, Grem Potterning ketish paytida "Chelsi" "Aston Villa"dan uchralgan mag‘lubiyat sababli 11 o‘ringa tushib ketdi. Shu sababdan tovon puli masalasida bundan buyog‘iga bir nima deyish juda qiyin. 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 20:14, 03.04.2023.
O'qildi: 1928 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.