Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio 1-1 Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

Rodrigo: «Zich taqvim – jonu dilim»

Rodrigo: «Zich taqvim – jonu dilim»

Baho:
+ | -

Tig‘iz vaqt, ketma-ket o‘yinlarni o‘z ichiga olgan zich taqvim - «Real»ning braziliyalik hujumchisi Rodrigo Goes uchun cho‘t emas.

Aksincha, u aynan shunday holatda o‘zgacha yayraydi. Xalqaro o‘yinlar oldidan Sportsman’s Club nashriga intervyu bergan Rodrigo zich taqvim xususida alohida to‘xtaldi, bundan tashqari, «Mad­rid»da olayotgan o‘yin amaliyoti va boshqa masalalar haqida oshkora gapirdi.

- Rodrigo, maydonga tushsangiz, asosan foydali harakatlaringiz bilan nazarga tushasiz. Lekin shunga qaramay, hamon boshlang‘ich tarkibdan chetda qolyapsiz. Nima uchun shunday, bu haqda hech o‘ylab ko‘rganmisiz?

- Tabiiyki, har doim tarkibdan joy olish va o‘ynashni xohlayman. Murabbiyga ham tez-tez imkon qadar ko‘proq maydonga tushishim zarurligi yuzasidan murojaat qilaman. Don Karlo Anchelotti esa xotirjamlik bilan meni ham xotirjam bo‘lishga chaqiradi. Murabbiyimizga hurmatim juda baland, albatta. Uning ixtiyorida yuqori saviyali va hamisha o‘yin talabiga javob beradigan yaxshi futbolchilar to‘planishgani - ayni haqiqat. Shu ma’noda murabbiyni tushunishga harakat qilaman. Shuning barobarida maydon tushsam, jamoaga yetarlicha yordam bera olishimni yaxshi bilaman va ba’zida shu ishonch tinchimni buzadi. Ya’ni nega maydonda emasligim haqidagi savol miyamda charx uradi, baribir. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, tezroq asosiy tarkibning muqim o‘yinchiga aylanishni istayman. Qaytaraman, Anchelotti bilan o‘zaro munosabatlarimiz juda zo‘r. Uning mukammal murabbiy ekanligi va hamisha menga katta yordam berishga tayyorligini ham bilaman.

- Maydonda imkoniyatga ega bo‘lganingizda, sizni asosan «10-raqam» pozisiya­sida ko‘ryapmiz. Aslida qayerda erkinroq to‘p surasiz, ya’ni o‘zingiz uchun eng maqbul nuqtani ayta olasizmi?

- Ha, boshqa pozisiyalarda o‘ynashda ham muammo sezmayman, aksincha, xilma-xillik tabiatimga mos. Agar savolga torroq javob bersam, hujumning har bir nuqtasida bemalol harakatlanishim mumkin. Haqiqat shuki, tabiatan hujumga moyilman. To‘g‘ri, agarda tanlash imkoni berilsa, salohiyatimni yarim himoya pozisiyalarida ham sinab ko‘rgan bo‘lardim. Lekin sharoit himoyada turishimni taqozo etsa, ancha qiynalaman, shubhasiz.

- Katta futbolda mavjud bugungi zich taqvimga munosabatingiz qanday?

- Bir tomondan qiyin, albatta, axir o‘yinlar ketma-ket kelganida, tiklanishga vaqt qolmaydi deyarli. Lekin shaxsan men aynan shunday zich taqvimni qadrlayman. Shunday paytlar bo‘ladiki, jamoaning ishlari orqaga ketadi, muhimi, keyingi o‘yinning yaqin oraga qo‘yilgani ishonchingizni mustahkamlaydi. Ya’ni navbatdagi bahs bilan o‘sha muammoni yopish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Hammasi yaxshi ketayotganida-chi? Unda yuqori sur’at va ritmni saqlab qolish uchun yana va yana maydonga tushishni xohlaysiz. Demakki, tig‘iz taqvim - ajo­yib motivasiya! Buni qadrlash kerak. O‘ylaymanki, «Real» futbolchilari taqvimdagi tig‘izlikni odatiy holdek qabul qilishadi. Axir hammamiz shu o‘yinlar ichida yashaymiz va har doim g‘alaba yo‘lida borimizni beramiz.

BLIS

SAVOL-JAVOBLAR

- Qaysi futbolchini «Real» libosida ko‘rishni xohlardingiz?

- Neymarni, albatta.

- Kelajakda qaysi futbolchi bosh yulduzga aylanadi?

- Rodrigo.

- Uyg‘onishingiz bilan qo‘l uradigan birinchi ishingiz nima?

- Qo‘l telefonimni tekshiraman.

- Qanday irimlarga amal qilasiz?

- Irim emas, lekin maydonga har doim o‘ng oyog‘im bilan kiraman.

- Qaysi videoilovani ko‘proq o‘ynaysiz?

- Eng yaxshisi - FIFA.

- Eng unutilmas golingiz...

- «Manchester Siti» darvozasiga urilgani, to‘g‘rirog‘i, ikkinchisi.

- Kimga qoyil qolasiz?

- Birinchi navbatda, otamga.

- Orzungiz nima?

- CHLda yana g‘alaba qozonish!

 

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:45, 03.04.2023.
O'qildi: 1338 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.