Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

"Barsa" yangi o‘ng qanot himoyachisi topdi

"Barsa" yangi o‘ng qanot himoyachisi topdi

Baho:
+ | -

«Barselona» Konferensiyalar ligasining sensasion jamoalaridan birining eng yaxshi futbolchilaridan birini o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda.

Ispaniyaning Diario SPORT nashri xabariga ko‘ra, Kataloniya grandi vakillari «Rayo Valyekano»ning o‘ng qanot himoyachisi Andrey Rasiuning o‘sishini diqqat bilan kuzatishda davom etmoqda. Madridliklar futbolchini 25 million yevroga baholamoqda.

Qayd etilishicha, «Barsa» sport rahbariyatiga qanotda faol o‘ynay oladigan bunday profildagi futbolchi ma’qul kelmoqda.

Joriy mavsumda Andrey Rasiu «Rayo Valyekano» safida barcha turnirlarda 44 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va uchta assistni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Kiritildi: 19:38, 04.05.2026.
O'qildi: 3991 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик