Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Superkompyuter so‘nggi natijalardan keyin yakuniy APL jadvalini taxmin qildi. "Manchester Siti" har qachongidan ham yaqin, "Tottenxem" va "Liverpul" YECHLdan quruq qoladi

Superkompyuter so‘nggi natijalardan keyin yakuniy APL jadvalini taxmin qildi. "Manchester Siti" har qachongidan ham yaqin, "Tottenxem" va "Liverpul" YECHLdan quruq qoladi

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasida mavsum o‘zining qizg‘in pallasiga kirib ulgurgan. Yakun yaqinlashgani sayin, jamoalar turnir jadvalida iloji boricha teparoqqa intilmoqda. Shunday bir paytda, an’anaga ko‘ra, superkompyuter joriy mavsum oxiri qanday bo‘lishini taxmin qilib ko‘rdi. Bunda, maxsus dastur so‘nggi o‘yinlardagi natijalarni qayta ishlab, xulosalar chiqargan. Xalqaro tanaffusdan qaytgan jamoalar navbatdagi turga har xil yetib kelgandi. Ayrim klub vakillarida charchoq va jarohatlar bo‘lsa, qolganlari tanaffusni ijobiy ravishda o‘tkazgan.

Demak, superkompyuter taxminlariga e’tibor qaratamiz. Doimgidek, "Arsenal" chempion bo‘lishi aytilmoqda. Bu jamoa so‘nggi turda "Lids Yunayted" bilan to‘qnash kelib, ishonchli tarzda g‘alabaga erishgandi. Biroq, Mikel Arteta jamoasi chempionlikka katta farq bilan yetib bormaydi. 38 turdan keyin "Manchester Siti" to‘pchilarga qariyb 3 ochko farq bilan yaqinlashadi. Negaki, Pep Gvardiola jamoasi qiyin bo‘lishi aytilgan "Liverpul" bilan bahsda raqibni autsayder jamoa singari mag‘lubiyatga uchrata oldi. Ayni damda ikki da’vogar o‘rtasidagi ochkolar farqi sakkiztaga teng. Mavsum yakunlanishida bu ko‘rsatkich uchtagacha qisqarishi kutilmoqda.

Kuchli to‘rttalik uchun kurash ham ayovsiz kechishi taxminlarda bor. Yevropa Chempionlar ligasiga yo‘llanma taqdim etuvchi o‘rinlarga ayni damda kamida to‘rtta jamoa da’vogarlik qilyapti. Xususan, "Nyukasl" o‘z maydonida "Manchester Yunayted"ni yengib, uchinchi pog‘onani ten Xag jamoasidan olib qo‘ydi. Ushbu tartib mavsum oxirigacha saqlanib qolishi kutilayotgan bo‘lib, "MYU" YECHL uchun so‘nggi yo‘llanmaga ega chiqishi aytilgan. Bu shuni anglatadiki, "Tottenxem" va "Liverpul" kabi top-klublar yangi mavsumdan YEL yoki Konferensiyalar ligasida qatnashadi. Bunda "shporlar" 5 o‘rinni band etgan holda, oradagi yana bir Yevropa ligasi pog‘onasiga "Brayton" joylashadi. Undan keyingina Yurgen Kloppning "Liverpul"i keladi.

"Chelsi" yaqindagina Grem Potterni bosh murabbiy sifatida iste’foga chiqargan edi. Ayni damda bu jamoa 11 o‘rinni egallab turibdi. Superkompyuterga ko‘ra, mavsum so‘nggiga qadar "Chelsi"ning bu pozisiyasi saqlanib qoladi va jamoa so‘nggi yigirma yil ichida ilk marta mavsumni shunday omadsiz, kuchli to‘rtlikdan 19 ochko kam to‘plagan holda tugatadi.
Jadvalning pastki qismida jon saqlab qolish uchun qattiq kurash kechmoqda. "Vest Xem" bilan o‘yinda mag‘lubiyat alamini totganidan keyin, "Sautgempton" 20 o‘rinda qolib ketishi kutilmoqda. Shuningdek, omadsizlar qatorida mavsum debyutanti "Nottingem Forest" hamda "Everton" ham bor. Ular ham Chempionshipga ravona bo‘lishadi.

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 08:08, 04.04.2023.
O'qildi: 6851 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.