Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf 1-1 Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor 2-1 Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum 1-3 So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina 1-0 Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko - Barselona
14/04 23:59 Liverpul - PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Boks. Bektemir Meliqo‘ziyev va Gabriel Rosado o‘rtasida revansh jangi o‘tkaziladi

Boks. Bektemir Meliqo‘ziyev va Gabriel Rosado o‘rtasida revansh jangi o‘tkaziladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Professional boksning super o‘rta vazn (-76,2 kg) toifasi vakili Bektemir Meliqo‘ziyev (11-1, 9 KO) o‘zining navbatdagi jangini Gabriel Rosadoga (26-16-1, 15 KO) qarshi o‘tkazadi. Bu haqda Boxeadores xabar qilmoqda.

Meliqo‘ziyev va Rosado o‘rtasidagi revansh jangi 22 aprel kuni Las Vegasdagi (AQSH) boks oqshomi kardidan o‘rin oladi. Bu oqshomning asosiy jangi yengil vazn toifasida WBA chempioni Jervonta Devis (28-0, 26 KO) va Rayan Garsiya (23-0, 19 KO) o‘rtasida kechadi.

Bektemir Meliqo‘ziyev 2021 yil 19 iyunida Rosadoga qarshi ringga chiqib, bellashuvning 8-raundida ayanchli nokautni qabul qilib olgandi.

O‘sha jangdan keyin Rosado 3 bor ringga chiqib, barchasida (Mungia, Sheyn Mosli Junior va Ali Ahmedovga) ochkolar evaziga mag‘lub bo‘ldi. Meliqo‘ziyev esa 4 ta jangda g‘alaba qozondi: Sergey Yekimov, Devid Zegarra, Sladan Janjanin va Ulises Siyerra mag‘lub etilgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:29, 04.04.2023.
O'qildi: 4471 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик