Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Tuxel: "Javobgarlikni o‘z zimmamga olaman"

Tuxel: "Javobgarlikni o‘z zimmamga olaman"

Baho:
+ | -

Myunxenning "Bavariya" klubi bosh murabbiyi Tomas Tuxel Germaniya kubogi chorak finalida "Frayburg" jamoasidan uchralgan mag‘lubiyat (1:2) sabablari haqida gapirdi.

"Frayburg" ikkita zarbadan ikkita gol urdi. Raqibning boshqa gol urish imkoniyatlarini eslay olmayman. Bizda yaxshi imkoniyatlar bo‘ldi, lekin doim nimadir yetishmayapti: oxirgi pas, to‘g‘ri qaror, aniqlik. Raqiblar juda chuqur himoyalanishdi, shuning uchun biz ularga bosim o‘tkazishda davom eta olmadik.

Biz oldinga chiqib oldik, keyin yana 2-3 ta imkoniyatga ega bo‘ldik, ayniqsa Tomas Myullerda yaxshi imkoniyat bo‘ldi. Ammo biz faqat o‘zimizni ayblashimiz kerak. O‘z uyida chorak final bosqichida turnirdan uchib ketish - katta umidsizlik.

Biz birga g‘alaba qozonamiz va birga mag‘lub bo‘lamiz. Ha, murabbiylar shtabimda vaqt kam edi, lekin men mas’uliyatni his qilaman. Nima xato bo‘lganini tahlil qilib, keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak", - dedi Tuxel.

Kiritildi: 11:27, 05.04.2023.
O'qildi: 1154 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик