Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

"Chelsi"ning Jon Terri boshchiligidagi tarkibi qanday ko‘rinishga ega bo‘ladi? Rays, Maunt, Lukaku...

"Chelsi"ning Jon Terri boshchiligidagi tarkibi qanday ko‘rinishga ega bo‘ladi? Rays, Maunt, Lukaku...

Baho:
+ | -

Grem Potter o‘tgan yakshanba kuni iste’foga chiqarilgan edi. Ingliz mutaxassisi Londonda yetti oy bosh murabbiylik qildi va o‘ta og‘ir davrlarni boshdan kechirdi. Ko‘plab tahlilchilar Potter o‘rnini "Bavariya"dan haydalgan Yulian Nagelsmann bilan to‘ldiriladi deb taxmin qilgan edi. Ayrim yangiliklar esa eng asosiy variant sifatida Luis Enrikeni taqdim etdi. Shunga qaramay, kutilmaganda, nomzodlar ichida "Chelsi" afsonasi Jon Terri paydo bo‘ldi. Quyida, agarda u jamoa boshiga keladigan bo‘lsa, asosiy tarkib qanday o‘zgarishini taxmin qilib ko‘ramiz.

Darvozabon borasida Kepa Arrisabalaga asosiy postni egallab turibdi. Shunga qaramay, ikkinchi variant ham juda kuchli. Eduar Mendi ikki yil oldin jamoa bilan YECHLda g‘alaba qozongandi. Shu sababli, Terri unga yana bir imkon taqdim etishi mumkin. Shuningdek, yana bir variant bor – "Aston Villa"dan argentinalik Emi Martinesni olib kelish.
Himoya quyidagicha ko‘rinish oladi. Ris Jeyms haqida hamma bir xil fikrda: u jamoaning buguni va ertasi. Markaziy himoyada Vesley Fofana harakat qiladi. Yana bir mudofaa o‘rni Benua Badiashilega taqdim etilishi mumkin. Ammo sobiq afsona, Jon Terri "Aston Villa"dan Ezri Konsani taklif qilishi ham ehtimoldan holi emas. Chap qanot Ben Chilvellga berilishi kerak edi. Ammo u yozda moliyaviy muammolar sababli sotilishi aytilgan. Shunday ekan, chap qanotda Mark Kukurelya qoladi.

Yarim himoyada Terri, shubhasiz, Mauntni olib qolish yo‘lini tutadi. Ularning har ikkisi "Chelsi" akademiyasidan chiqqan va YECHL g‘olibligini qo‘lga kiritgan. Mauntning 12 oylik shartnoma vaqti qolgan va u uchun "MYU" va "Liverpul" da’vogar bo‘lib turibdi. Shunday bir paytda, Terri Mauntga yangi bitim taklif etsa kerak. Mauntga yarim himoyada Deklan Rays sherik bo‘lishi mumkin. U 14 yoshigacha "Chelsi" akademiyasida edi. Enso Fernandes 106 millionga sotib olingan edi va u bilan yarim himoya chizig‘i to‘ldiriladi. Shuningdek, yarim himoyadagi boshqa variantlar orasida Konor Gallaxer va Jon MakGinn ham mavjud.

Hujum chizig‘ida "aristokratlar"da "serobchilik" bo‘lib yotibdi. Jon Terri esa ulardan eng yaxshilarini tanlab olishi kerak. Bizningcha, Terri jamoasining hujumi qanotlarda Sterling va Noni Madueke, markazda esa "Aston Villa" futbolchisi Olii Uotkinsdan tashkil topadi. Qolaversa, ikkinchi tanlov o‘yinchilari sifatida Pyer-Emerik Obameyang va Mixail Mudrik ham mavjud. Xususan, Obameyang markazga o‘tsa, Mudrikka o‘z transfer pulini oqlash uchun qanotdan joy bo‘shatiladi. Vanihoyat, Terrida Romelu Lukakudan foydalanish tanlovi bo‘ladi. Belgiyalik 2021 yilda "Inter"dan 97 million funtga xarid qilingan edi.

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 11:48, 05.04.2023.
O'qildi: 5184 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.