Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor 4-2 Dinamo
06/10 15:30 Yuventus 1-1 Kalyari
06/10 17:00 Jirona 2-1 Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina 7-1 Fransiya
06/10 18:00 Bolonya 0-0 Parma
06/10 18:00 Lasio 2-1 Empoli
06/10 18:00 Chelsi 1-1 Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa 0-0 Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves 0-3 Barselona
06/10 20:00 Braziliya 2-1 Argentina
06/10 20:30 Brayton 3-2 Tottenhem
06/10 21:00 Monsa 1-1 Roma
06/10 21:30 Sevilya 1-0 Betis
06/10 23:45 Fiorentina 2-1 Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad 1-1 Atletiko

Frenk Lempard davrida debyut qilgan "Chelsi" futbolchilari: ularning taqdiri ne kechdi?

Frenk Lempard davrida debyut qilgan "Chelsi" futbolchilari: ularning taqdiri ne kechdi?

Baho:
+ | -

"Chelsi" murabbiyi sifatida, Frenk Lempard qaytadan jamoaga taklif etildi. U jamoadagi birinchi davrida muvaffaqiyatsizlikka uchragandi. O‘sha paytlarda "Chelsi"ga transfer qilish borasida taqiq tushgan va bu jamoani kuchaytirishda muammolarga sabab bo‘layotgandi. Shu sababli Lempard kamchiliklarni klub akademiyasi futbolchilar bilan to‘ldirishga kirishadi. Quyida uning avvalgi davrida katta futbolga olib kirilgan o‘yinchilar haqida so‘z boradi.

Meyson Maunt

Frjnk Lempard "Derbi Kaunti"ni boshqargan paytida Maunt o‘sha jamoaga ijaraga berilgandi. Ingliz futbolchisi 2018-19 yilgi mavsumda 11 ta gol va 6 ta assistga mualliflik qiladi. "Chelsi"dagi taqiq natijasida asosiy jamoaga Maunt ham kiradi. Uning debyut mavsumi ajoyib kechdi. Lempard jamoasi 2019-20 yilgi mavsumni, nisbatan yaxshi o‘tkazadi. Maunt Tomas Tuxel davrida ham muhim figura sifatida ko‘rinish bergandi. 24 yoshli yarim himoyachi o‘tgan mavsumda APLda 20 ta gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi.

Billi Gilmor

"Reynjers"dan 2017 yilda 16 yoshli Gilmor xarid qilingan. O‘shanda u akademiyada tarbiyalana boshlaydi. Shotlandiyalik yarim himoyachi 2019 yilning avgust oyida "Chelsi"da debyut qiladi. Gilmor, ko‘p o‘tmay, Angliya kubogidagi o‘yinlari bilan hammani e’tiborini o‘ziga torta boshlaydi. Uni hatto Roy Kin ham maqtagandi. Gilmor Yevro-2020da ajoyib o‘yin ko‘rsatgan yosh futbolchilar qatorida joy oladi. Shunga qaramay, u 2022 yilning yozida "Brayton"ga 7.5 million funt evaziga sotib yuboriladi.

Ris Jeyms

"Uigan"da ijarada o‘ynab yurgan paytlariyoq, Jeyms o‘zini yaxshi tomondan namoyish etadi. U 2019 yilda Chempionshipning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi. Tez orada Jeyms "Chelsi"ga qaytib, Lempard jamoasidan joy oladi. O‘zining ilk to‘liq mavsumida, himoyachi 37 bahsda maydonga tushadi. Jeyms "Chelsi"ning YECHLda gol urgan eng yosh futbolchisiga aylangandi. Lemparddan keyin Tuxel ham uni asosiy tarkibda o‘ynatadi.

Mark Gexi

Gexi Lempard tomonidan "Chelsi"ning liga kubogi musobaqasidagi o‘yinida maydonga tashlanadi. Ammo jamoa mag‘lubiyatga uchraydi. Gexi orada 18 oyni "Suonsi Siti" safida o‘tkazgan edi. "Kristal Pelas" 2021 yilning yozida Gexini 18 million funtga sotib oladi. Himoyachi ayni damda Angliya terma jamoasi tarkibiga chaqirilgan.

Yen Matsen

Gexi kabi Matsen ham o‘z debyutini liga kubogining "Grimsbi Taun" klubiga qarshi o‘tkazadi. Ammo o‘sha bahs Matsen uchun birinchisi va so‘ngisi bo‘lgandi. Keyingi manzillar gollandiyalik himoyachi uchun "Charlton Atletik" va "Koventri Siti" bo‘ldi. Ayni damda 21 yoshli futbolchi Kompanining chempionlikka yaqin turgan "Byornli"sida harakat qilmoqda. U yozda yana "Chelsi"ga qaytadi.

Tino Anjorin

Anjorin Lempard istagi bilan "Chelsi"ning asosiy tarkibida, avval APL, keyin esa Angliya kubogi va YECHLda ishtirok etadi. Tomas Tuxel kelgach, yosh futbolchi Moskvaning "Lokomativ" klubiga ijaraga berib yuboriladi. Anjorin o‘tgan yili "Sautgempton"ga yo‘l olishi mumkin edi. Ammo uning jarohati bunga yo‘l qo‘ymadi. Ayni damda yosh yarim himoyachi "Xaddersfild" safida ijara asosida harakat qilmoqda.

Tariq Lempti

Lempti 2019 yilning dekabr oyida "Arsenal"ga qarshi bahsda maydonga ilk bor tushiriladi. "Chelsi" o‘shanda 2-1 hisobida g‘alaba qozongandi. Shundan keyin, 2020 yilning yanvarida himoyachi "Brayton"ga 4.5 million funt evaziga sotib yuboriladi. 22 yoshli futbolchi hozir Roberto De Zerbining eng ishongan vakillaridan biridir.

Armando Broya

Broya 2020 yilning marta oyida "Everton"ga qarshi 4-0 hisobidagi g‘alabali bahsda maydonga tushadi. Hujumchi hozirda "Chelsi" asosiy futbolchilari safida harakat qilmoqda. "Sautgempton"da, o‘tgan mavsum davomida Broya ajoyib o‘yin namoyish etgandi. Albaniya terma jamoasi a’zosi dekabr oyida olgan jarohati sababli joriy mavsumni o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 07:59, 07.04.2023.
O'qildi: 2117 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.