Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor 4-2 Dinamo
06/10 15:30 Yuventus 1-1 Kalyari
06/10 17:00 Jirona 2-1 Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina 7-1 Fransiya
06/10 18:00 Bolonya 0-0 Parma
06/10 18:00 Lasio 2-1 Empoli
06/10 18:00 Chelsi 1-1 Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa 0-0 Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves 0-3 Barselona
06/10 20:00 Braziliya 2-1 Argentina
06/10 20:30 Brayton 3-2 Tottenhem
06/10 21:00 Monsa 1-1 Roma
06/10 21:30 Sevilya 1-0 Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

"Chelsi"ni tark etishi kutilayotgan futbolchilar

"Chelsi"ni tark etishi kutilayotgan futbolchilar

Baho:
+ | -

Keyingi transfer oynasida klubni tark etishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxati tuzib chiqildi. Keling, ular kimlar ekanligini ko‘rib chiqamiz.

Pyer-Emerik Obameyang (Gabon, hujumchi, 33 yosh)

Forvard o‘tgan yozda unga sarflangan 12 million yevroni oqlamasligi aniq. Obameyang Premyer-ligada 12 ta o‘yinda atigi bitta gol urgan.

Hakim Ziyesh (Marokash, vinger, 30 yosh)

Marokashlik futbolchining shartnomasi 2025 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Mish-mishlarga ko‘ra, Ziyeshga "Tottenxem", "Vest Xem", "Fulxem" va hatto "PSJ" da’vogarlik qilmoqda.

Kalidu Kulibali (Senegal, himoyachi, 31 yosh)

Kulibali - "Chelsi" uchun muhim himoyachi. Ammo londonliklar, qishki katta hajmdagi xariddan so‘ng, tarkibni tozalashlari kerak va "qurbonlar" dan biri afrikalik bo‘lishi mumkin.

Kristian Pulishich (AQSH, vinger, 24 yosh)

Joriy mavsumda Premyer-liganing 19ta o‘yinida atigi bitta gol urgan amerikalik futbolchi, agar "Chelsi" portugaliyalikni "Atletiko"dan sotib olishga qaror qilsa, Joau Feliks bilan shartnomaning bir qismi bo‘lishi mumkin.

Mateo Kovachich (Xorvatiya, yarim himoyachi, 28 yosh)

Xorvatiyalikning "Chelsi" bilan shartnomasi 2024 yilning yozida tugaydi va shuning uchun eng yaqin transfer oynasi uni sotish uchun eng yaxshi imkoniyatdir. "Man Siti", "Manchester Yunayted" va "Bavariya" Kovachich bilan bog‘liq vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Konor Gallaxer (Angliya, yarim himoyachi, 23 yosh)

Yosh futbolchi muntazam ravishda Prember-ligada zaxiradan maydonga tushadi. Enso Fernandes uning pozisiyasida o‘ynaydi. Mish-mishlarga ko‘ra, Gallaxerga "Liverpulb" qiziqish bildirmoqda, bu esa yarim himoyani kuchaytirish uchun mantiqan to‘g‘ri qaror.

Ben Chilvell (Angliya, himoyachi, 26)

Chilvell, shuningdek, kutilayotgan yozgi sotuvning bir qismi sifatida klubni tark etishi mumkin. "Bavariya"ga ketgan Joau Kanselu o‘rniga futbolchi qidirayotgan "Man Siti" unga qiziqish bildirishi mumkin.

Romelu Lukaku (Belgiya, hujumchi, 29 yosh)

Belgiyalik futbolchi hozirda “Inter”da ijara asosida o‘ynamoqda. Tuttosport xabariga ko‘ra, Lukaku Italiyada qolmoqchi va buning uchun maoshini kamaytirishga tayyor.

Kallum Xadson-Odoi (Angliya, vinger, 21)

Bu yosh ingliz futbolchisi esa Leverkuzenning "Bayer" klubida ijara asosida o‘ynamoqda. Xadson-Odoi ham yozda sotilishi mumkin, chunki uning shartnomasi 2023/2024 yilgi mavsumdan keyin tugaydi.

Meyson Maunt (Angliya, yarim himoyachi, 24 yosh)

“Liverpul” kuzatib borayotgan “Chelsi”ning yana bir futbolchisi. Biroq, “Manchester Yunayted” bu jarayonga aralashishi mumkin. Goal xabariga ko‘ra, londonliklar Maunt uchun 80 million yevro olish niyatida.

Sezar Aspilikueta (Ispaniya, himoyachi, 33 yosh)

Shartnomasi 2024 yilning yozida tugaydigan faxriy himoyachi 2012 yildan buyon “Chelsi”da to‘p tepadi. Mish-mishlarga ko‘ra, Aspilikuetaga "Barselona" qiziqish bildirmoqda.

Joau Feliks (Portugaliya, hujumchi, 23 yosh)

Bu qishda “Chelsi” portugaliyalikni “Atletiko”dan 6 oyga 11 million yevro evaziga ijaraga oldi. Ammo “ko‘klar” Joau Feliksning shartnomasini sotib oladimi yoki yo‘qmi, hozircha aniq emas.

Denis Zakariya (Shveysariya, yarim himoyachi, 26 yosh)

"Chelsi" yarim himoyachini o‘tgan yozda "Yuventus"dan ijaraga olgandi. Biroq, londonliklar, katta ehtimol bilan, uni sotib olishmaydi. Chunki tarkibda juda ko‘p o‘yinchilar bor.

Kiritildi: 15:15, 07.04.2023.
O'qildi: 5588 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.