Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

UEFA maslahat kengashi tarkibiga jahon futboli yulduzlari kiradi: Mourinyo, Sautgeyt, Zidan...

UEFA maslahat kengashi tarkibiga jahon futboli yulduzlari kiradi: Mourinyo, Sautgeyt, Zidan...

Baho:
+ | -

Yevropa futbol assosiasiyalari ittifoqi (UEFA) yangi maslahat organi – futbol qo‘mitasini tuzdi, unda taniqli murabbiylar va mashhur futbolchilar yig‘iladi. Xorvatiyalik va "Milan"ning sobiq futbolchisi Zvonimir Boban boshqaruv raisi bo‘ldi. Bu haqda Times nashriga tayanib, Goal xabar bermoqda.

Qo‘mita o‘yin qoidalari, hakamlik va futbol taqvimi bilan bog‘liq masalalarni taqdim etadi. Hozirgacha 20 a’zo tasdiqlangan, jumladan Karlo Anchelotti, Paolo Maldini, Fabio Kapello, Xaver Zanetti, Luish Figu, Filipp Lam, Ronald Kuman, Mikael Laudrup, Rafa Benites, Roberto Martinez, Predrag Miyatovich, Yurgen Klinsman, Rudi Sexman, Petrxoller , Xuan Mata va Robbi Kin. Patrik Viyeyra va Didye Drogba ham taklifnoma oldi.

Bundan tashqari, ingliz nashri Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt, portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyo, Fransiya va Madridning “Real” klubi afsonasi Zinedin Zidan, shuningdek, Rio Ferdinand kabi yulduzlar safga qo‘shilishi mumkinligini yozmoqda. Qo‘mitaning birinchi yig‘ilishi 24 aprelga belgilangan.

Kiritildi: 21:14, 07.04.2023.
O'qildi: 1210 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик