Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi 0-3 Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya 2-0 Lechche
12/04 21:30 Selta 0-3 Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo 3-4 Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf 0-0 Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor 0-0 Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

Angliyada yil o‘yinchisi nomiga kimlar da’vogarlik qilmoqda? (top-9)

Angliyada yil o‘yinchisi nomiga kimlar da’vogarlik qilmoqda? (top-9)

Baho:
+ | -

Bemalol aytish mumkinki, "Manchester Siti" va "Arsenal" faqatgina APL chempionligi uchun kurashmayotir. Jamoa futbolchilarida individual sovrin yurish imkoni ham saqlanib turibdi. Shulardan biri, Angliya FA tomonidan taqdim etiladigan yil futbolchisi nomidir. Quyida ushbu sovrin uchun favoritlar nomi qayd etiladi.

1. Erling Xoland

Albatta, hamma hujumchilar ham o‘zining debyut mavsumida, yana dunyoning eng kuchli ligasi bo‘lgan APLda rekord darajada ko‘p gol uravermaydi. Shunday ekan, yil futbolchisi nomiga, eng avvalo, Xoland munosib ko‘rilishi mumkin.

2. Martin Edegor

Sovringa yana bir da’vogar Norvegiyadan. U ham skavdinaviyalik hisoblanadi. Edegor joriy mavsumdagi o‘yinlari bilan sovrinning 2023 yilgi versiyasini qo‘lga kiritishi, ehtimoldan holi emas. "Arsenal" va Norvegiya terma jamoasi sardori, o‘ta barqarorligi bilan ajralib turadi.

3. Bukayo Saka

Sovrin uchun dastlabki uchta nomzod, shubhasizki, APLning eng yorqin yulduzlaridir. Biz Sakaga nisbatan ham shunday ta’rifni ishlata olamiz. 21 yoshli hujumchi APLdan tashqari, Jahon chempionatida ham porlagan edi. U Yevropa chempionatiga saralash bahslarida nimalarga qodir ekanini isbotlay oldi.

4. Markus Reshford

Garet Saytgeyt Qatardagi mundialga Marus Reshfordni ham jalb etadi. "MYU" hujumchisi u yerni golsiz tark etmadi. Reshford 2023 yilda o‘zining eng yaxshi davrlaridan birini o‘tkazmoqda. Bu esa unga yil fubolchisi nomi uchun kurashish imkonini berdi.

5. Kevin De Bryuyne

Hatto, o‘zining eng yomon mavsumida ham Kevin eng yaxshilar orasidan joy topa olgan. "Manchester Siti" yarim himoyachisida yilning eng yaxshisi bo‘lishga yana bir imkon bor. U Muhammad Saloh, Garet Beyl, Krishtianu Ronaldu va Tyerri Anrilar qatoridan oldin ham joy olgan.

6. Xarri Keyn

Balki Keynning klubi mavsumni omadli o‘tkazmayotgandir. Ammo bu jamoaning hujumchisi alohida shaxs sifatida ko‘p narsalarga erishdi. Uning natijalari xalqaro va mahalliy miqyosda tengsizdir. Keyn yana bir individual sovrin uchun kurashib ko‘radi.

7. Leandro Trossard

Trossard faoliyatida qachonlardir e’tirofga sazovar bo‘lishi kerak. Insof yuzasidan aytish kerakki, belgiyalik futbolchidan boshqalar ham ro‘yxatga kirishi mumkin edi. Ammo Trossard eng yaxshi mavsumlaridan birini o‘tkazmoqda. APLda 17 ta golda ishtirok etgan holda, hujumchi mavsum so‘ngida chempionlikni qo‘lga kiritishi mumkin.

8. Gabriel Martinelli

Jahon chempionatidan keyin o‘z ishini omadli davom ettira olgan futbolchilar ichida Martinelli ham bor. Vingerning maydonda xudbinliklarsiz harakat qilishi, barchani lol qoldirib kelmoqda. Xususan, Braziliya terma jamoasi a’zosi APLda gol urish borasida beshinchi o‘rinda bormoqda. Martinelli "Arsenal"da muhim ahamiyatga ega bo‘la boshladi.

9. Kazemiro

Qizil kartochkalardan ko‘p aziyat cheklan futbolchi uchun oxirgi oylar oson bo‘lmadi. Shunday bo‘lsada, tan olish kerakki, u "MYU"da katta ijobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi.
Qolgan futbolchilar eng yaxshi nomiga erishish borasida eng kam imkoniyatlarga ega. Xususan 150 dan 1 ehtimol sifatida Eron Ramzdeyl, Rafael Varan, Vilyam Saliba, Kristian Romero va Deyan Kulusevski nomlari zikr etilgan.

 

 

ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 10:55, 08.04.2023.
O'qildi: 1905 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик