Kirish Ro'yxatdan o'tish

De Bryuyne: "Shunchaki o‘z ishimni qilyapman"

De Bryuyne: "Shunchaki o‘z ishimni qilyapman"

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne o‘zining yutug‘i haqida o‘z fikrini aytdi.

Shanba kuni "Sautgempton"ga qarshi o‘yinda belgiyalik futbolchi Erling Xolandga golli uzatmani amalga oshirib, Premyer-ligadagi assistlar sonini yuztaga yetkazdi.

"Men bu haqda o‘yindan oldin o‘qidim, ko‘pchilik bu raqamni internetda muhokama qilishdi. Men jamoadoshlarim uchun imkon qadar ko‘proq imkoniyatlar yaratishga harakat qilaman. Albatta, men bu yutuq bilan faxrlanaman, lekin bu nafaqat mening xizmatlarim - ko‘p narsa uni kim yakunlashiga bog‘liq. Men ishlashda davom etishim kerak.

Men bu natijaga Fabregasdan 56 o‘yin tezroq yetib keldimmi? Men solishtirmagan bo‘lardim. Sesk - ajoyib futbolchi. Men shunchaki o‘z ishimni qilyapman", - deya de Bryuyne so‘zlarini keltirmoqda BBC.

Kiritildi: 00:54, 09.04.2023.
O'qildi: 966 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.