Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/09 00:00 Selta 0-1 Atletiko
27/09 17:00 Qizilqum 1-0 Metallurg
27/09 17:30 Tailand 2-5 Fransiya
27/09 19:15 OKMK 1-0 Lokomotiv
27/09 20:00 Argentina 2-0 Xorvatiya
27/09 23:45 Milan 3-0 Lechche
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl - Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe - Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor - Nasaf
28/09 18:00 Udineze - Inter
28/09 19:00 Arsenal - Lester
28/09 19:00 Brentford - Vest Xem
28/09 19:00 Everton - Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
28/09 19:00 Chelsi - Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano - Leganes
28/09 21:00 Jenoa - Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad - Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton - Liverpul
28/09 23:45 Bolonya - Atalanta
29/09 00:00 Osasuna - Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid

"Qo‘rqinchli Enfild" yoxud "Arsenal" "Real" qilgan ishni takrorlay oladimi?

"Qo‘rqinchli Enfild" yoxud "Arsenal" "Real" qilgan ishni takrorlay oladimi?

Baho:
+ | -

Mavsum yakunlanishiga to‘qqiz tur qolgan bir paytda, Londonning "Arsenal" klubi mavsumdagi eng jiddiy to‘siqlardan birini yengib o‘tishi kerak bo‘ladi. Ular "Liverpul" bilan mehmonda, "Enfild"da to‘qnash keladi. Bu o‘yingoh yillar davomida Yevropaning eng kuchli jamoalari uchun ham o‘ta murakkab makon bo‘lib kelgan. APL bosh sovrini yana Londonga qaytishiga yaqin turgan bir paytda esa, "Arsenal"ni bu narsa qo‘rqitmasligi kerak. Qolgan to‘qqiz uchrashuvning har biri Mikel Arteta shogirdlari uchun qattiq sinov bo‘lishi turgan gap. Shularning ichida eng kattasi Liverpul shahriga safardir.

"Liverpul"ning 2022-23 yilgi mavsumi ko‘ngildagidek o‘tmayapti. Buni hamma bilib, ko‘rib turibdi. Shunday ekan, Yurgen Klopp jamoasining vajohati avvalgidek emas. Hozirgi "Liverpul" haqida aytish mumkin bo‘lgan birgina narsa bu jamoaning o‘ta beqarorligidir. "MYU"ni 7-0 hisobida taslim etib, "Bormunt"ga yutqazish, "Bormunt"ni 9-0 hisobida yanchib, "Lids"ga o‘z maydonida yengilish – fikrlarimiz isboti o‘laroq jaranglaydi. Mana shunday kutilmaganlik effekti bugungi bahsni yanada qiziqarliroq qiladi. Negaki, biz oldindan nima bo‘lishini taxmin qila olmaymiz.

Xususan, "Liverpul" "MYU"ga qarshi yirik hisobdagi g‘alabadan keyin APLda hali zafar quchmadi. Ammo hali ham mersisaydliklarda kuchli to‘rtlikka kirish imkoni saqlanib turibdi. Agarda "Arsenal"ga imkoniyat boy berilsa, keyin o‘sha kichik imkoniyat ham yo‘qqa chiqadi. Shu sababdan bugun "Liverpul" futbolchilari borini berib harakat qilishadi. Bugungi raqib esa "Arsenal" va bu jamoa chempionlikka eng yaqin turgan vakildir.

Jamoalar sport formasi qanday?

"Liverpul" yuqorida aytilganidek, "MYU"ni martni boshida mag‘lub qilganidan buyon, hali g‘alabaga erishmadi. "Bormunt", "Manchester Siti" va "Real"ga ikki marta mag‘lubiyatga uchraldi. Jamoaning eng so‘nggi bahsi o‘ziga o‘xshagan ahvoldagi "Chelsi"ga qarshi edi va bu uchrashuvda hisob ochilmadi. Ushbu faktlarga qarama-qarshi ravishda, "Arsenal"ning darajasi ancha yuqori bo‘lib turibdi. Londonliklar fevral o‘rtasidan beri mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. "Manchester Siti"ga mag‘lubiyatdan keyin "Arsenal" ligada ketma-ket 7 ta o‘yinda g‘alabaga erishdi. Yevropa ligasida 2 ta durang qayd etdi. O‘sha natijalar to‘pchilarning APLdagi yetakchiligini ta’minlab turibdi. "Liverpul" bilan birinchi davrdagi bahs, 3-2 hisobida "Arsenal" foydasiga hal bo‘lgandi.

Kimlar porlaydi?

"Liverpul" so‘nggi 4 ta o‘yinda bitta gol urishga erishgan va bu juda yomon natija sanaladi. Shu sabab bugun "MYU" bilan bahsda bo‘lgani kabi Muhammad Salohga suyaniladi. Misrlik hujumchi o‘z nomiga bu mavsum davomida 12 ta gol va 7 ta assist yozdirib qo‘ya olgan.
To‘pchilar safida porlash uchun Bukayo Sakadan yaxshiroq variant bo‘lmasa kerak. Ammo Gabriel Jezusning qaytganini ham ta’kidlab o‘tish joiz. Braziliya terma jamoasi a’zosi uzoq muddatlik jarohatdan keyin safga qaytdi va o‘tgan turda "Lids"ga qarshi dubl sohibiga aylandi. Bu esa "Arsenal" uchun yaxshi signaldir.

Kimlar jarohat olgan?

"Liverpul"da muammolar yetarlicha. Xususan, Virjil van Deyk shamollash sababli "Chelsi" bilan o‘yinda maydonga tushmagandi. Ammo "Arsenal" bilan bahsga qaytadi. Shuningdek, Luis Dias va Nabi Keyta hali ham lazaryatda yotibdi. Asosiy tarkib vakillari bo‘lgan Saloh, Trent, Robertson va Gakpolar Londondagi so‘nggi uchrashuvni zaxiradan boshlagandi. Tiago Alkantara mashg‘ulotlatda ishtirok etdi. Ispaniyalik bugungi tarkibga kiritilishi mumkin.
"Arsenal" safida muhim figura sanalgan Vilyam Saliba jarohat sababli maydonga qaytgani yo‘q. Bukayo Saka bilan endi hammasi joyida. Eddi Nketia tuzalishni davom ettirmoqda va tez orada safga qaytadi, ammo bugungi o‘yinda uni ko‘rmaymiz. Shuningdek, yarim himoyachi Muhammad Elneni hamda himoyachi Takexiro Tomiyasular joriy mavsumning qolgan qismida maydonga tushmasligi ma’lum bo‘lgan.

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 13:49, 09.04.2023.
O'qildi: 2581 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.