Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Jorjina Rodriges: «1000 dona sumkang bo‘lsa-mi...?»

Jorjina Rodriges: «1000 dona sumkang bo‘lsa-mi...?»

Baho:
+ | -

Ko‘pchilik zamonamizning eng mashhur futbolchilaridan biri Krishtianu Ronaldu rafiqasi Jorjina Rodrigesga havas bilan qaraydi, ayniqsa, G‘arbda.

Lekin boyvuchcha xonim to‘liq ta’minlangan bo‘lsada, sira tinim bilmaydi. Mana, Ronaldular oilasi bekasi yaqinda «Men Jorjinaman» hujjatli filmining ikkinchi qismi taqdimotida qatnashdi. Rodriges xonim marosimdan oldin Ispaniya televideniyesining El Horniguero («Chumoli uyasi») shousiga maxsus intervyu berishga ham vaqt ajratdi. Qiziq, nimalar haqida? Quyida Jorjinaning e’tiborli iqtiboslari havola etilmoqda.

Krishtianu bilan birinchi uchrashuvi

- Bir qarashda muhabbat. Ha, Krish g‘oyat xushbichim yigit, uni ilk marta ko‘rganimda, shunchayin o‘ktam ediki, hattoki, yana bir bora nazar solishga uyalgandim. O‘shanda aytarli gaplashmadik, chunki mijozlarga xizmat ko‘rsatish bilan band edim. Ish vaqti yakuniga yetgach, ketishga chog‘lanib turganimda esa, Krishtia­nu oldimizga kirdi. U juda muloyim edi, yonida o‘g‘li va bir necha do‘stlari... Krish hammamizga xayrli kun tiladi, hamrohlari ham gapiga qo‘shildilar. Ular bag‘oyat mehribon edilar. Umuman, Ronaldu - ajoyib ota, er, o‘g‘il, aka... Ko‘pincha, uyda kechki ovqat payti o‘zimcha o‘ylab qolaman: shunday go‘zal oila qurish uchun aynan meni tanlagani omadim kulganidan dalolat. Bundan naqadar baxtiyor va xursand ekanligimni so‘z bilan ta’riflolmayman, ochig‘i.

Pulning hayotiga ta’siri

- Yo‘q, pul meni zarracha o‘zgartirmadi. Aksincha, endi yaqinlarim va do‘stlarimga avvalgidan ham ko‘proq yordam bera olyapman va bundan faxrlanaman. Krish «Real»da o‘ynagan payt «Santyago Bernabeu» men uchun qandaydir muhtasham muzeydek tuyulardi. Qo‘llarida futbolka ushlagan odamlar dastxat so‘rab, o‘rab olishardi, ba’zida olomon ko‘pligidan charchab, madorim tugardi. Boshqa futbolchilar hamxonalari va mahbubalari yonlaridan o‘tib ketayotganimda esa, ular bir-birlariga so‘z qotishardi: «O, qara, bu o‘sha...». Ha, bu - men! Yashirin sirim yoki iste’dodim? Yo‘q. Shunchaki, yuqori didga egaman. Gohida restoranga kirib, darhol suv ta’mi yaxshi emasligini sezaman. Ta’til vaqtlari ko‘plab joylarda bo‘ldik va turli brendlar suvini ichib ko‘rdik. Har bir brend ta’mi bosh­qacha. Madriddagi oddiy ta’minot suvi ham yaxshi, uyimizdagisi yanada xushta’m.

Boy garderob

- Ronaldu bilan ilk marta qachon bafurja gaplashganman? Savdo markazida tashkil etilgan qaysidir moda kechasida uchrashib, atroflicha gaplashgan edik birinchi marta. Krish menga uzoq tikilib turdi va ehtimolki, bundan yuzim qizarib ketgandir. Rosa xijolat tortganim esimda. Yo‘q, hammasi shu bilan boshlanmadi, oradan yana qanchadir vaqt o‘tdi. Oddiy aytganda, o‘rtamizda asta-sekin muhabbat nish urdi. Krish Gucci do‘konining haqiqiy mijozi edi. Yo‘q, u tez-tez kelmasdi, lekin bir martada juda ko‘p libos xarid qilardi. Hozir men xuddi shunday yo‘l tutyapman. Chunki xarid uchun tez-tez do‘konga borish odamni charchatadi, yana vaqt topish ham mushkul. Krishtia­nu va men umumiy garderob (kiyinish xonasi)ga egamiz. Albatta, u juda katta. Hattoki, ayrim liboslarimni hali biror marta ki­yib ko‘rmaganman. Garderob shu qadar katta ediki, Krishtianu uni darhol biroz to‘ldirishimni so‘radi. Madriddayoq bisotimizdagi kiyim-kechaklar me’yoridan oshib ketgandi. Deylik, sumkalarning o‘zi chamasi 150ta. Albatta, Krishtianu shuncha sumka nega kerakligi haqida so‘raydi. U hattoki, menga xuddi o‘ziniki kabi katta sumka olib berishdan bosh tortdi. Shunda qaysarligim tutib, aytdim: «Mayli, o‘zim sotib olaman!»  Ming dona sumka bilan o‘zingizni qayta kashf etsangiz kerak...

Saudiya Arabistoniga munosabat

- Shunchaki, ajoyib mamlakat! Birinchidan, juda xavfsiz, ikkinchidan, o‘ta qulay. Asosiysi, Saudiyada ayollar va bolalar to‘liq himoyalangan. Odamlar o‘ta e’tiborli va g‘amxo‘r. Oddiy misol, dugonam turgan mehmonxonada u qidirgan ichimlik yo‘q ekan va kafega boribdi. Dugonam nomidan esa bir notanish kishi pul to‘labdi. Mahalliy odamlar juda saxiy. Qayerga borsam ham, kun tartibim o‘zgarmaydi. U har doim bir xil: bolalarga qarash, ularni maktabga olib borish, mashg‘ulotlar, ish va vaqti-vaqti bilan sayr yoki ovqatlanish. Shukrki, bizda pul yetarli.

Xususiy samolyotlar

- Oxirgi marta Manchester aeroportida shaxsiy samolyotda qolib ketganim esimda. Madriddagi fotosessiyaga ulgurishim kerak edi, lekin uni keyinroqqa qoldirishga to‘g‘ri keldi. Chunki bir necha soat ushlanib qoldim. Gap shundaki, qo‘nishga ruxsat so‘raganimizda, Manchester aeroporti rahbariyati joy yo‘qligi uchun rad etdi. Oqibatda ertalab soat 5gacha kutdik. Hammasi ko‘pchilik o‘ylaganidek, oson emas. Xususiy samolyotda menga eng maqbuli - bu vannaxona. Yangi pishirilgan pirog kabi hidli issiq hammomga - azob. Vannaxona esa boshqacha, ayniqsa, havodagisi.

Tug‘ilgan kuni tafsilotlari

- Krish tug‘ilgan kunim menga quyosh botishini ko‘rsatmoqchiligini aytdi. Keyin «Burj Xalifa» binosida o‘z aksimni ko‘rganimda... Bu men uchun alohida kun, shunchaki, super! Axir hammasi eng kichik detallarigacha hisobshga olingandi. Binobarin, Krishtianu har bir jihatga o‘ta e’tibor bilan yondashadi. Parijga ilk safarimiz ham yodimda: xonadagi yotoq oldida planshet. Yotishdan oldin o‘z ismlarimiz bosh harflarini qo‘shib chizdim - CG. O‘sha tasvirni ko‘chirib olgandim va hozirgacha o‘zimda saqlayapman. Yana Krishtianu suratini tatuirovka qildirdim, axir u shunchaki, oddiy turmush o‘rtog‘i emas, meni eng kichik jihatlarga ham e’tibori bilan maftun etgan umr yo‘ldoshidir.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 15:56, 09.04.2023.
O'qildi: 6483 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.