Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Mirjalol Qosimov: “Mabodo, futbol 20 ga 20 futbol o‘ynalganida, barchani maydonga tashlardim”

Mirjalol Qosimov: “Mabodo, futbol 20 ga 20 futbol o‘ynalganida, barchani maydonga tashlardim”

Baho:
+ | -

Superliganing 5-turidan o‘rin olgan OKMK – “Navbahor” (2:1) o‘yinidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov qatnashib, jurnalistlarning savollariga javob berdi. Olmaliqliklar ustozi o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.

- O‘yinning qiziqarli o‘tishi kutilgandi. Ikki jamoa ham bir-biriga munosib. O‘tgan yilgi bahslarda ham kurashlarga boy va ochiq futbol bo‘lgandi. Bunga tayyorgarlik ko‘rgandik. Yigitlar yaxshi harakat qilishdi. Qiziqarli o‘yin guvohi bo‘ldik. Birinchi bo‘limda ikkinchi bo‘limga qaraganda kuchliroq harakat qildik. Bugungi bahs turning eng qiziq o‘yini bo‘lsa kerak. O‘yin muxlisbop bo‘ldi.

- Bugun yoshi katta futbolchilardan Sanjar Tursunov va Anzur Ismoilov yaxshi harakat qilishdi. Ularning tajribasi haqida nima deya olasiz?

- Ushbu o‘yinchilarning jamoadagi o‘rni muhim. Bu yillar davomida yig‘iladigan tajriba. Mana, Jasur Hasanov ham 40 yoshida o‘ynayapti. Bunday o‘yinchilar Yevropada ham bor.

- Jamoaning joriy mavsumdagi maqsadi qanday?

- Bu savol har o‘yinda beriladi. Maqsad bo‘lmasa, ishlashning hojati yo‘q.

- Tunislik legioner Muhammad Salim va o‘tgan mavsum “Olimpik”da porlagan Elyor Begimovga yetarlicha imkoniyat berilmayapti. Ularning o‘yinidan qoniqmayapsizmi?

- Eng ko‘p rotasiya qiladigan murabbiy o‘zimman. Mabodo, futbol 20 ga 20 futbol o‘ynalganida, barchani maydonga tashlardim. Chempionat hali ancha vaqt davom etadi, o‘yinlar juda ko‘p. Vaqti kelganda, ularga ham imkoniyat taqdim etiladi.

- Jarohat olgan Mirjamol Qosimov va Vitaliy Denisov qachon safga qaytishadi?

- Ular endi mashg‘ulotlarga kirishdilar. Qachon jismonan tayyor bo‘lishsa, ularni maydonda ko‘rasizlar.

Kiritildi: 13:25, 10.04.2023.
O'qildi: 1398 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик