Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

"Lester" va Benitesning muzokarasi barbod bo‘ldi

"Lester" va Benitesning muzokarasi barbod bo‘ldi

Baho:
+ | -

Ispaniyalik mutaxassis Rafael Benites Brendan Rojersning o‘rniga "Lester" bosh murabbiyi bo‘la olmaydi, deb xabar bermoqda Sky Sports.

Nashrning yozishicha, Angliya Premyer-ligasi klubi rahbariyatining Benites bilan muzokaralari hech qanday natija bermagan, tomonlar kelishuvga erisha olishmagan.

Britaniya OAVlari bu vaziyatda "tulkilar" bosh murabbiyi etib Din Smitga ishonch bildirishdan boshqa iloji yo‘qligiga amin bo‘lishmoqda. "Aston Villa"ni Premyer-ligaga olib chiqqan murabbiy o‘tgan yilning dekabrida "Norvich" tomonidan ishdan bo‘shatildi. U bilan shartnoma mavsum yakuniga qadar tuziladi, Kreyg Shekspir va Jon Terri esa Smitning yordamchilariga aylanadi.

Qo‘shimcha qilamizki, Shekspir 2016 yilda "Lester" liga chempioni bo‘lganida Klaudio Ranyeri shtabida bo‘lgan, so‘ngra italiyalik murabbiy iste’foga chiqarilganidan keyin bosh murabbiy bo‘lib ishlagan.

Kiritildi: 00:03, 11.04.2023.
O'qildi: 1180 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик