Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 00:00 Real Sosyedad 1-1 Atletiko

"Barselona"dagi sarguzashtlari uzoqqa cho‘zilmagan futbolchilar: Paulinyo, Rikelme, Ibragimovich...

"Barselona"dagi sarguzashtlari uzoqqa cho‘zilmagan futbolchilar: Paulinyo, Rikelme, Ibragimovich...

Baho:
+ | -

"Barselona" yaqin davr ichida o‘ta og‘ir moliyaviy inqirozni boshidan kechirishga majbur bo‘ldi. Jamoada shunchalik yetishmovchiliklar yuzaga keldiki, hatto Lionel Messi "PSJ"ga qo‘yib yuborildi. Negaki, klub moliyasi super-yulduzning maoshini to‘lab bera olmasdi. Uzoq yillar mobaynida katalon klubi katta yulduzlarni xarid qilib kelgan. Ammo ularning hammasi ham maydonda o‘zini ko‘rsata olmagan. Shunday vaziyatda o‘sha nomlar bir mavsum ichida sotib yuborilgan yoki sotish sharti bilan ijaraga jo‘natilgan.
Quyida 2002 yildan beri shunday holga tushgan yulduzlar haqida gaplashamiz.

Xuan Roman Rikelme

Argentinalik afsona "Barselona"ga "Boka Xuniors"dan 10 million funt evaziga olib kelinadi. 2002 yilda bu qiymat ancha baland edi va ko‘pchilik Rikelmedan katta narsalarni umid qilgandi. Ammo unday bo‘lmadi. Rikelme faqat bir mavsum jamoada bo‘ldi va o‘sha davrdagi murabbiy Lui van Gal bilan chiqisha olmay, jamoani tark etadi. U "Vilyarreal"ga sotiladi. O‘rniga esa Ronaldinyo olib kelinadi.

Mark Van Bommel

Yarim himoyachi "PSV"dan erkin agent sifatida jamoaga kelgan. Jamoaning 2005 yildagi bosh murabbiyi Frank Raykard Van Bommelni asosiy tarkibga qo‘shadi. Bir mavsum davomida 36 ta o‘yinda maydonga tushgan futbolchiga "Bavariya" taklif bilan chiqadi. "Barselona" esa uni 6 million funtga sotib yuboradi.

Aleksandr Gleb

Belaruslik yulduz "Arsenal"da yulduzga aylangan edi. Shu sababdan "Barselona" uni 2008 yilda 12 million funtga sotib oladi. Bir mavsumda 36 ta o‘yin o‘tkazgan futbolchi, "Barsa" uchun foydasi tegmaydi. Shu sababdan 2009 yilda Gleb, ijaraga berib yuboriladi. Katalon klubi u sababli katta zarar ko‘rgan.

Dmitriy Chigrinskiy

Ukrainalik himoyachi 2009 yilda "Shaxtyor" bilan UYEFA Superkubogini yutadi. Shundan keyin "Barselona" uni 25 million funtga sotib oladi. Pep Gvardiola jamoasiga moslasha olmagan futbolchi, bir yildan keyin "Shaxtyor"ga 15 million funtga yana qaytarib sotib yuborilgandi. Shunday qilib "Barselona" bir yilda hech nima uchun 10 million funt yo‘qotadi.

Zlatan Ibragimovich

"Barselona" uni 2009 yilda 42 millionga xarid qiladi. Katta transfer bo‘lishiga qaramay, Zlatan eng yomon ko‘chishni amalga oshirgandi. Negaki, shvesiyalik hujumchi Gvardiola bilan hech ham kelisha olmagandi. U kataloniyaliklar uchun bir mavsumda 46 ta o‘yin o‘tkazib, 22 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Ammo keyingi yili "Milan"ga yana ijaraga beriladi. Ko‘p o‘tmay, Ibragimovich 22 millionga sotiladi.

Paulinyo

2017 yilda "Barselona" butun dunyoni hayron qoldirib, 36 million funt evaziga Paulinyoni "Guanchjou"dan sotib oladi. "Tottenxem"ning omadsiz xaridi, "Barsa"da yomon mavsum o‘tkazmadi. Ammo braziliyalik bir yildan keyin yana Xitoyga qaytib ketgan. "Barselona" esa u uchun 36 million funt olgan.

Malkom

Yaqin-orada transferlar bozoridagi eng omadsiz yurish sifatida Malkom xaridi e’tirof etiladi. U 2018 yilda "Bordo"dan 36 million funtga xarid qilinadi. "Roma" bilan Malkom kurashida g‘olib bo‘lgan ispan giganti, undan foydalana olmadi. Oradan bir yil o‘tib, braziliyalik "Zenit"ga sotib yuboriladi.

Yerri Mina

Ernesro Valverde jamoasiga 2018 yilda markaziy himoyachi zarur bo‘ladi. Shu sababdan klub Mina uchun "Palmeyras"ga 12 million funt to‘lov qiladi. Kolumbiyalik futbolchi "Barsa"da 6 ta bahs o‘tkazgan. 2018 yilgi mundialda porlagani sababli, Yerri Mina o‘sha yozda "Everton"ga 30 million funt evaziga sotib yuboriladi.

Miralem Pyanich

Yana bir "Barselona" rahbariyati tomonidan qilingan ahmoqona ish, Pyanich xaridi edi. 30 yoshli futbolchi 2020 yilda "Yuventus"dan 23 yoshli Artur Melo o‘rniga almashtiriladi. Afsuski, bu almashinuv har ikki futbolchining zarariga ishladi. Ayni damda Pyanich "Beshiktosh"da ijarada yuribdi. Artur Melo esa "Liverpul"da ijaradagi mavsumini rasvo ravishda o‘tkazmoqda.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 11:18, 11.04.2023.
O'qildi: 2304 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.