Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

«Murabbiylik — sevimli ishim, chempionatda yuqori o‘rinni olishga harakat qilamiz» - Orif Mamatkazin

«Murabbiylik — sevimli ishim, chempionatda yuqori o‘rinni olishga harakat qilamiz» - Orif Mamatkazin

Baho:
+ | -

Bugundan O‘zbekiston U19 chempionati boshlanadi. “Andijon” U19 jamoasi dastlabki o‘yinini 13 aprel kuni “Bunyodkor”dagi tengqurlariga qarshi o‘tkazadi.

Ayni damda yosh “burgutlar” bo‘lajak bellashuvga tayyorgarlikni davom ettirishmoqda. Qishda “Andijon” U19 ga Islom Ahmedov bosh murabbiy sifatida tayinlangandi. Keyinchalik ma’lum sabablarga ko‘ra, murabbiy o‘zgardi va Orif Mamatkazin endilikda “Andijon” U19 bosh murabbiyi sifatida ishga kirishdi.

Muxlislar yaxshi biladilarki, Orif Ismoilovich hayotini futbolga bag‘ishlagan bo‘lib, faoliyatini “Andijon”da olib borgani hammaga yaxshi ayon. Qolaversa, jamoada murabbiylik qilgan va yana boshqa lavozimlarda ham mehnat qilgan.  

Shunday ekan, Orif Mamatkazin o‘zi uchun qadrdon bo‘lgan jamoasidagi ishini yana davom ettiradi. Bu safar unga “Andijon” U19 jamoasi ishonib topshirildi.

Orif Ismoilovich yoshlar bilan ko‘rilayotgan tayyorgarlik, ularni saralash ishlari va boshlanayotgan chempionat borasida to‘xtalib o‘tdi.   

— Orif Ismoilovich, O‘zbekiston U19 birinchiligi ham boshlanyapti. Ayting-chi, “Andijon” U19 tarkibiga yoshlarni saralash ishlari qanday olib borilmoqda?
— Xabaringiz bor, boshida Islom Ahmedov boshchiligida tayyorgarlik ko‘rishgan. Bungacha o‘yinchilar saralangan va biz qisqa muddat ichida ularni ko‘zdan kechiryapmiz. Viloyatimizdagi boshqa tumanlardan murabbiylar yosh futbolchilarni bizga tavsiya qilishyapti. Ularni ko‘ryapmiz. Kimni iqtidori va salohiyati yuqori bo‘lsa, o‘shalarni tarkibimizga jalb qilyapmiz. Mashg‘ulotlarda ham tekshirib boryapmiz. 13 aprel kuni “Bunyodkor” U19 jamoasiga qarshi dastlabki o‘yinimizni o‘tkazamiz. Asosiy vazifalarimizdan biri iste’dodli o‘yinchilarni U21 jamoamizga yetkazib berish. Shu bilan birga chempionatda yuqori o‘rinlarga harakat qilamiz. Hozir 22 ta futbolchi zayavka qilingan. Yana potensiali yuqori bo‘lgan futbolchilarni ko‘rsak, ularni ham tarkibimizga qo‘shib olish imkoniyati bor.

— Ancha vaqtdan so‘ng yana murabbiylikka qaytdingiz...
— Ha, men yana o‘z ishim bilan shug‘ullanyapman. Murabbiylik mening sevimli ishim. Yana qaytganimdan xursandman.

— O‘tgan yili “Andijon” U19 chempionatda faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritgandi. Bu yil sizning boshchiligingizda o‘sha natijani takrorlash mumkinmi?
— Albatta, harakat qilamiz. Biz undan ham yuqori o‘rinni olishga intilamiz. Bu futbol. Unda kimdir yutadi, kimdir yutqazadi.

— Yoshlar orasida iqtidori yuqori o‘yinchilar ko‘zga tashlanyaptimi?
— Bolalar ko‘p, ular bilan ishlash kerak. Ularga doim aytyapmiz, sizlarga U21 jamoasiga yo‘l ochiladi, keyinchalik asosiy jamoaga yo‘l olasizlar, hammasi o‘zinglarga bog‘liq, faqat harakat va mehnat qilish muhimligini uqtiryapmiz.

— “Bunyodkor” U21 ga qarshi uchrashuvga tayyorgarlik qanday ketyapti?
— “Bunyodkor” yoshlari bo‘yicha to‘liq ma’lumot yo‘q. Lekin eshitishimcha, u yerda yaxshi shakllangan jamoa bor. Bilasiz, “Bunyodkor” akademiyasidan doim iqtidorli bolalar yetishib chiqadi. Yaxshi o‘yin bo‘ladi. Biz ham o‘z oldimizga qo‘ygan vazifa sari jiddiy harakat qilamiz.

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 15:39, 11.04.2023.
O'qildi: 1059 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.